Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
116 
Yo‗qolib ketish xavfi ostida qolgan folklor durdonalarini asrab qolish ishlari 
olib borildi. Albatta, bu o‗sha davrda hukmronlik qilayotgan tuzum tepasida 
turganlarga yoqmadi. Ayniqsa, mustabid sho‗ro tuzumi milliy qadriyat va 
an‘analarimizni oyoq osti qilayotgan, eskilik sarqiti deb qarayotgan bir davrda bu 
ulkan ma‘naviy jasorat edi. Shuning uchun o‗zbek folklorini o‗rganish yo‗lida jon 
kuydirgan Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa‘diy, Vadud Mahmud, G‗ozi Olim 
Yunusov, Elbek, Otajon Hoshim va boshqa ular kabi millat fidoyilari qatag‗on 
qilindi. Milliy ta‘lim tizimida hamisha bosh masala bo‗lib kelgan barkamol avlodni, 
komil insonni tarbiyalash, yoshlarni ma‘naviy yetuk qilib ulg‗aytirishda milliy 
psixologiya aks etgan folklorning alohida o‗rni va roli bor. U inson ruhiyatiga ta‘sir 
ko‗rsatish qudratiga ega fan tarmoqlaridan biridir. 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda milliy ta‘limda o‗qitishning milliy 
xususiyatlari, o‗ziga xosligini hisobga olib, folklor, mumtoz adabiyot kabi fanlar 
bo‗yicha keng va ko‗p, samarali bilim berishga, ularda ilgari surilgan umuminsoniy 
g‗oyalarni, milliy ruhni yosh avlod ongu shuuriga, ruhiyatiga singdirishga, 
maktabgacha ta‘limdan boshlab, umumiy, o‗rta maxsus va oliy ta‘limda saboq 
oluvchi barcha qatlamda ijodiy tafakkur va mustaqil faoliyatni rivojlantirish 
asoslaridan biriga aylangan onlayn va oflayn ta‘lim jarayoni orqali amalga oshirish 
mumkin.
Adabiyotlar 
1.
Fitrat A. She‘r va shoirliq. Adabiy mubohasa. TA. IV jild. Darslik va 
o‗quv qo‗llanmalari, ilmiy maqola va tadqiqotlar. – T.: Ma‘naviyat, 2006. 56-b. 
2.
Fitrat A. Nahv. TA. IV jild. Darslik va o‗quv qo‗llanmalari, ilmiy 
maqola va tadqiqotlar. – T.: Ma‘naviyat, 2006. 211-b. 
3.
Imomov K., Mirzaev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‗zbek xalq og‗zaki 
poetik ijodi. Darslik. – T.: O‗qituvchi, 1990. 23-b. 
4.
Elbek. Laparlar haqida. – ―Bilim o‗chog‗i‖ jurnali. – 1922. – 1-son. – 
B.97. 
5.
Hodi Zarif. O‗zbek sovet folkloristikasi tarixidan // O‗zbek sovet folklori 
masalalari. Tadqiqotlar. 1-kitob. – T.: ―Fan‖, 1970. 219-221-b. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə