Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
115 
Fitrat adabiyotshunoslikka, tilshunoslikka oid nazariy qarashlarini ifoda 
etishda ko‗pincha maqol, qo‗shiq, dostonlardan olingan misollar orqali o‗z fikrini 
asoslashga uringan. Masalan, u ―Nahv‖ kitobida tinish (turish) belgilari, nuqtali 
vergulning gapda qo‗yilishi, uyushgan (uyushqon) gap va gap bo‗laklarini, kesim, 
aniqlovchi, to‗ldiruvchi singarilarni o‗quvchilarga tanishtirish uchun, o‗z fikrlarini
imloga doir nazariy qarashlarini dalillash uchun shunday yo‗l tutgan. [2. 211-B]
Bu 
esa olimning o‗qitishda fanlararo integratsiyaga erishish tajribasidan dalolat beradi.
Ko‗rinadiki, folklor janrlarini kompetentlik asosida o‗rgatishga kirishish 
bevosita Abdurauf Fitrat tomonidan boshlab berilgan. Fitratdan so‗ng 
folklorshunoslik bo‗yicha yaratilgan muhim qo‗llanmalardan yana biri H.Zarif bilan 
Sh.Rajabiylarning ―O‗zbek sovet folkloridan namunalar‖ (1935) to‗plami, 
H.Zarifning oliy o‗quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik ―O‗zbek folklori‖ (1939 va 
1941-y.) xrestomatiyasidir. Bu kitoblarning yaratilishiga folklorshunoslikning 
bo‗lajak filolog mutaxassislarga o‗qitilishining yo‗lga qo‗yilishi zamin bo‗ldi. Bu 
ishning tashabbuskori esa Hodi Zarifov bo‗ldi. Bevosita uning tashabbusi bilan XX 
asrning 30-yillarida folklor fanini O‗zbekistonda o‗qitish yo‗lga qo‗yildi. 
Ma‘lumotlarga qaraganda, ―Folklorni maxsus fan sifatida oliy o‗quv 
yurtlarida o‗qitish hayotiy zaruriyat taqozosi tufayli amalga oshdi. Folklorning fan 
sifatida o‗rganilish harakati dastlab Angliya universitetlarida XVII asrning ikkinchi 
yarmida boshlangan. Rossiyada esa F.N.Buslayev va uning shogirdlari 
A.N.Veselovskiy, N.I.Storojenkolar tashabbusi bilan 1863 yilda Moskva va Sankt–
Peterburg universitetlarida ―Umumiy adabiyot tarixi‖ nomi ostida rus folklorini 
o‗qitish yo‗lga qo‗yilgan. O‗zbek folklorini o‗qitish tashabbusi esa XX asrning 30- 
yillari o‗rtalaridagina amalga oshgan‖ [3, 23-b]. 
O‗zbek folklorshunoslari og‗zaki adabiyotdan ham yosh avlodga ta‘lim berish 
fikrini ilgari surdilar va 1934-yildan boshlab uni amalga oshirishga kirishdilar. 
Dastavval Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti, so‗ngra boshqa ta‘lim 
dargohlarning filologiya fakultetlarida o‗zbek folklori mustaqil fan sifatida o‗qitila 
boshlandi. Bu hol folklor nashri va tadqiqotiga ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Natijada 
H.Zarif tomonidan tartib berilgan ikki kitobdan iborat ―O‗zbek folklori‖ (1939 va 
1940) xrestomatiyasi yuzaga keldi. Bu asarning qimmati shundaki, o‗ziga qadar 
amalga oshirilgan barcha nashrlarning ijobiy tomonlarini qamraganligidan tashqari 
o‗zbek folkloridagi xilma-xil janrlar namunalarini bera olganligi bilan ham muhim 
ahamiyatga ega bo‗ldi hamda keyingi nashrlar va tadqiqotlarga keng yo‗l ochdi. 
Xususan, 1939-yilda bo‗lib o‗tgan O‗zbekiston Yozuvchilar soyuzining 2-syezdida 
folklor masalasining alohida muhokama etilishi (unda G‗afur G‗ulom ―Folklordan 
o‗rganaylik‖ degan mavzuda ma‘ruza qilgandi) xalq og‗zaki ijodiyoti namunalarini 
to‗plash va o‗rganish ishlariga e‘tiborni yana bir qadar kuchaytirdi.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə