Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
113 
yozib olishgan. Ular tufayli yetkazilgan afsona va rivoyatlar folklorga bo‗lgan 
qiziqishni hosil qilgan. 
Folklor materiallarini to‗plash, mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi bilan 
tanishtirishga intilish Mahmud Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗otit-turk‖ kitobidan 
boshlangan, deyish mumkin.
Muallif
―Devonu lug‗otit turk‖ asaridagi maqollar
mehnat va sevgi-muhabbat, mavsumiy va marosimiy qo‗shiqlar, afsona va 
rivoyatlarda ifoda topgan tarbiyaviy mazmun alohida e‘tiborni tortadi.
O‗zbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarif Mahmud Koshg‗ariyni ilk 
folklorshunos sifatida tan olinishini ta‘kidlaydi. Chunki ―Devonu lug‗otit turk‖da 
xalq ijodiga aloqador sav (afsona), etuk (ertak), ir yoki qo‗shug‗ (qo‗shiq), maqol, 
matal singari terminlar keltirilgan. M.Koshg‗ariydan so‗ng Yusuf Xos Hojibning 
―Qutadg‗u bilig‖, Ahmad Yugnakiyning ―Hibbat ul-haqoyiq‖, Ahmad Yassaviy 
hikmatlari, Alisher Navoiy, Bobur, Poshshoxo‗ja, Munis, Ogahiy, Gulxaniy, Abdulla 
Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Fitrat va boshqalarning ta‘lim-tarbiya haqidagi 
fikrlari folklor bilan bog‗liqligi yanada e‘tiborlidir. Chunki H.Zarif aytganidek: 
―Folklorni o‗rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlar bilan 
yondashilganlikni kuzatish bilangina cheklanmaydi, shu bilan birga o‗zlari mansub 
bo‗lgan sinf dunyoqarashi nuqtai nazaridan folklorni turlicha tushungan va o‗z 
asarlarida u yoki bu sinf manfaati doirasida undan foydalangan yozma adabiyot 
namoyandalarining ham xalq ijodiga qiziqishlarini hisobga olmoq va ularni diqqat 
bilan o‗rganmoq juda ham zarurdir‖ [5, 219-221-b]. 
O‗tmishda qissaxonlar, roviylar, voizlar, baxshilar hayotda katta o‗rin 
tutishgan. ―Baxshi‖ so‗zi buryatcha ―ustod‖ deganidir. 
Folklor – so‗z san‘atining boshlang‗ich namunasi, xalqning og‗zaki badiiy 
ijod turi. U jamoa ijodi hisoblanadi. Unda an‘anaviylik, variantlilik, versiya 
hodisalari namoyon bo‗ladi.
―Folklor‖ termini inglizcha ―folk‖ – xalq va ―lore‖ – donolik so‗zlari 
birikuvidan hosil bo‗lgan qo‗shma so‗z bo‗lib, ―xalq donoligi, xalq donishmandligi‖ 
degan ma‘nolarini anglatadi. Uni ilmiy iste‘molga 1846-yilda ingliz olimi Vilyam 
Toms olib kirgan. Bu termin keng va tor ma‘noda qo‗llanadi. Keng ma‘noda xalq 
ijodining barcha sohalari (og‗zaki yaratilgan badiiy asarlar, xalq amaliy san‘ati 
ko‗rinishlari)ni, tor ma‘noda faqat xalq poetik asarlari)ni anglatib keladi. Bu atama 
qo‗llanguniga qadar o‗zbek folklorshunosligi tarixida ―el adabiyoti‖, ―og‗iz 
adabiyoti‖, ―og‗zaki adabiyot‖, ―og‗zaki ijod‖, ―xalq adabiyoti‖, ―omma adabiyoti‖, 
―xalq ijodi‖, ―el ijodi‖ singari xilma-xil atamalar qo‗llanib kelingan. 
O‗zbek folklorini o‗rganish bo‗yicha yaratilgan ilk metodik ish A.Fitratning 
―El adabiyoti‖ kitobidir. Uning ―Adabiyot qoidalari‖ (1926) qo‗llanmasi tarkibidan 
o‗rin olgan folklorni o‗rganish va o‗rgatishga oid bu kichik risolasida birinchilardan 
bo‗lib ―el adabiyoti‖ – folklorga ilmiy munosabat bildirilgan. Folklorning yozma 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə