Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

5) tashkiliy va amalga oshirish: 

o‗qituvchilar va talabalar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning pedagogik 
maqsadga muvofiq usullarini, diagnostik madaniyat tarkibiy qismlarini faol 
o‗zlashtirish usullarini tanlash va amalga oshirishni belgilaydi; 

pedagogik amaliyot davrida bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilariga 
diagnostik faoliyatni amalga oshirishda talabalarga, talabalar jamoalariga, o‗quv 
jarayoniga zarar yetkazmasdan o‗z kuchlarini sinab ko‗rish imkoniyatini berish; 
6) nazorat qilish va tartibga solish: 

bo‗lajak o‗qituvchining diagnostik madaniyatini shakllantirish jarayoni 
va natijalarini tahlil qilish, hisobga olish va tuzatish uchun hissa qo‗shadi; 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
217 
7) natija va baholash: 

jarayonni va uni shakllantirish natijalarini boshqarish va o‗zini o‗zi 
boshqarish usullaridan foydalanilganda diagnostik madaniyat parametrlarini 
o‗rganish va tan olishni ta‘minlaydi. 
Bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining diagnostik madaniyatini 
shakllantirish uchun ushbu yetti shartning tanlanishi didaktik jarayonning umumiy 
tuzilishi bilan bog‗liqlikni nazarda tutadi. 
Shu bilan birga bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining diagnostik 
madaniyatini samarali shakllantirish uchun muhim psixologik-pedagogik shartlar, 
imkoniyatlardan tashqari: 

ushbu madaniyatni shakllantirishda faoliyat subyekti sifatida talabaning 
faol shaxsiy pozitsiyasi; 

o‗qituvchilar, ilmiy-pedagogik jamoatchilik, shuningdek, universitetning 
boshqa talabalari tomonidan talabaning individual va ijodiy kasbiy izlanishlarini 
qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish; 

talaba shaxsining ijtimoiy-psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini 
hisobga olish ahamiyatlidir. 
Barcha pedagogik va psixologik sharoitlarning o‗zaro bog‗liqligi diagnostik 
madaniyatni samarali shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. 
Shuning uchun bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining diagnostik 
madaniyatini shakllantirishning modelida didaktik jarayonning o‗ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda biz quyidagi asosiy elementlarni ajratamiz: 

o‗quv faoliyati subyektlari (talabalar va o‗qituvchilar); 

pedagogik diagnostikani o‗qitishning maqsadlari; 

diagnostik faoliyatni tayyorlash va amalga oshirishning asoslari bo‗lgan 
o‗quv amaliyotining mazmuni; 

pedagogik diagnostikani o‗qitish mazmunini o‗zlashtirish bo‗yicha 
tadbirlar; 

diagnostik madaniyatning barcha tarkibiy qismlarining shakllanishini 
baholash mezonlari kabilar. 
Shunday qilib, tadqiqotimizda boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining kasbiy 
faoliyati bilan pedagogik jarayonni tashkil etish ehtiyojlari va uning diagnostik 
madaniyatini yetarli darajada shakllanmaganligi o‗rtasida ziddiyat mavjud bo‗lib, 
natijada o‗qituvchining diagnostik holati yuzaga keladi va ularga muammolarni sifatli 
hal qilishga imkon bermaydi [17, 75]. 
Diagnostik faoliyatni o‗zlashtirish jarayonida uning refleksiv komponentini 
maqsadli rivojlantirishga alohida e‘tibor berilishi kerak. Talabalar tomonidan 
diagnostika bo‗yicha bilimlarni tahlil qilish va o‗z-o‗zini baholash diagnostika 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə