Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
270 

o‗z faoliyatiga ijodiy yondashuvni ijimoiy hayotning turli sohalarda 
kerakli (talab bo‗lish) bo‗lish maqsadida kiritish va bu bilan o‗z imkoniyalari, 
qobiliyatlari va salohiyatlarini amalga oshirish asosida hayotiy barqarorlikka erishish; 

ko‗p madaniyatli muhitning turli sohalarida boshqa madaniyat 
odamlarining an‘analari va turmush tarzi haqida qo‗shimcha bilimlar olish maqsadida 
mahsuldor hamkorlikka intilish. 
Tadqiqot ishlari xorijiy tilning pedagogik potensialini OTM talabalarida o‗z-
o‗zini rivojlantirish kompetensiyalarini takomillishtirishda qo‗llash ularning shaxsiy 
va kasbiy o‗z mavqei, o‗rni, kelajagi, taqdirini belgilashga ham ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatishini ko‗rsatdi:
[4] 

talabalar bu olamda o‗z o‗rinlarini kengroq idrok qilish, tushunishni 
boshlaydilar va bunda sodir bo‗layotgan voqea, hodisalarda boshqalarga xayrixoh 
bo‗lish qobiliyatini namoyish qiladilar; 

u yoki boshqa qarorni qabul qilishda (vazifani yechishda) o‗zlarining 
ishtiroklari va mas‘uliyatlarini his qilib, talabalar pedagogik muammolarni yechishga 
ham motivatsiyani namoyish qilishni boshlaydilar; 

o‗zlarining kasbiy xarakterdagi faoliyatlariga shaxsiy kontekstni kiritib, 
talabalar professional tarzda fikrlashni boshlaydilar va shu tariqa o‗z pedagogik 
pozitsiyalari/nuqtayi nazarlari/munoabatlarini namoyish qiladilar; 

fikrlar, hukmlarida tashabbus, mustaqillik va erkinlikni namoyish qilish 
bilan talabalar o‗zlariga ishonch hissini olishni boshlaydilar va shu tariqa ijtimoiy 
jihatdan ancha yetuk shaxs sifatida tutishni boshlaydilar; 

xorijiy til leksikasini birdan bir maqsad nuqtayi nazaridan emas, balki 
uni (leksikani) muammolarni muhokama qilishda faol ishtirok etish maqsadida zarur 
asbob/vosita sifatida qo‗llash uchun egallash bilan talabalar xorijiy tilni o‗rganishga 
ancha yuqori darajada munosabatda bo‗lishni boshlaydilar. 
OTM talabalarida
o‗z-o‗zini rivojlantirish kompetensiyalarini xorijiy tilning 
pedagogik potensiali nuqtayi nazaridan o‗rganishda, shaxsiy xislat, jihat sifatida 
ushbu qobiliyatda talaba quyidagilarni anglashi zarurligini taqozo etadigan muayyan 
psixologik tarkibiy qism mavjud: uning o‗zi uchun shaxsiy va intellektul jihatdan 
nimani, jumladan, qanaqa jismoniy ma‘lumotlarni anglatishi, ifodalashini; u hayotiy 
rejalar nuqtayi nazaridan o‗z faoliyatining maqsadin qo‗yganmi-yo‗qmi; sotsium 
bilan o‗zaro munosabatlarini qanday quradi va undan nimalarni kutadi (umid qiladi). 
Odatda bu va boshqa aspektlar individning shaxsiy va hayotiy yo‗naltirilganlik 
kontekstida o‗z mavqei, kelajagi, taqdirini belgilashning o‗zining mohiyatini hisobga 
olgan holda o‗z kasbiy mavqei, kelajagi, o‗rnini belgilashi mohiyatini aniqlashiga 
yordam beradi. Biroq talaba uchun ushbu dolzarb bo‗lgan aspektlarning barchasini 
bilimlar ko‗rnishida o‗zlashtira olmaydi, ularning yechimiga faqat uni (talabani) 
muayyan/konkret bilish faoliyatiga kiritish natijasida erishish mumkin. Shuning 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə