Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
268 
malakasi, o‗z o‗qitish metodologiyasini yaratish malakasi
[4]. Bundan, xorijiy tilning 
pedagogik potensialidan kelib chiqib, darslarning o‗qituvchining talabalar bilan 
hamkorligida o‗tishi; talabani o‗qitish u qaysi darajada bo‗lsa (uning bilim, ko‗nikma, 
malakalari darajasi qanaqa bo‗lsa), o‗sha darajadan boshlanishi; talabalarning 
tashabbuskorligini rag‗balantirish uchun barcha choralarni ko‗rish; har bir imkoniyat 
holati paydo bo‗lganda talaba hayotiy ahamityali ko‗nikmalarni o‗zlashtirish imkoni 
bo‗lishi uchun vaziyatlar yaratish, masalan, o‗zini baholash va o‗ziga ishonch hissini 
rivojlantirish, mas‘uliyat hissini va o‗z faoliyatining natijalariga tanqidiy qarashni 
rivojlantirish (buning uchun talabada tanqidiy fikrlashni rivojlanish zarurki, u 
masalan, tillarni o‗zrganish sohasida o‗z rivojlanish darajasini kuzata olsin); talabalar 
bo‗lajak mustaqil ta‘lim olish doirasida hayotiy muammolarni yechish uchun olgan 
bilimlarini qo‗llashga intilishlari uchun xorijiy tilni o‗rganishga tinimsiz 
rag‗batlantirib borish juda muhim hisoblanadi
[1]. 
Xorijiy tilni o‗rganishda, talabalar shaxsiy va kasbiy jihatdan rivojlanish 
uchun keng imkoniyatlar olishlari zarur, va shunda, masalan, xorijiy tilda muloqot 
qilishga o‗qitish jarayonida nutq madaniyatining rivojlanishi amalga oshadi va bu 
yerda esa – kommunikativlik (muloqot qila olish, muloqotga kirishib keta olish) 
shakllanadi, bu: nutqni tezlashtirish, til sezgirligi/zehni (farosati), mustaqillik, o‗zini 
nazorat qilish va boshqa kabi sifat/hislatlarning bo‗lishini talab etadi. Bundan 
tashqari, xorijiy tilni o‗rganish ko‗p hollarda yosh insonning ijtimoiy intellekti 
darajasini aniqlaydigan va bu asosda uning o‗z-o‗zini rivojlantirish ijtimoiy 
munosabatlarning shaxsiy ko‗nikmalarini yaratishga yordam beradi va bu yerda 
aytish lozimki, o‗z-o‗zini rivojlantirish barqaror kasbiy va hayot ma‘nosi, mavqei, 
kelajagini belgilashsiz, boshqacha qilib aytganda – aniq hayotiy istiqbollarni 
qurishsiz bo‗lmaydi. Shu asnoda, xorijiy tilning pedagogik potensiali o‗z jiddiy 
zaxiralariga ega va ularning ta‘lim resursi, avvalambor, o‗qitishga kommunikativ 
yondashuvda ochiladi. O‗z mohiyatiga ko‗ra, ushbu yondashuv quyidagilarni nazarda 
tutadi: 

o‗qituvchining talabalar bilan faol o‗zaro faoliyatini tashkil qilishni; 

nutq va madaniyatlararo kommunikatsiyaning turli aspektlarini tinimsiz 
modellashtirish imkoniyatlarining mavjudligini;
[6] 

talabalar o‗quv faoliyatining obyektlari maqomidan tabiiy ravishda 
(organik tarzda) uning subyektlari maqomiga o‗tkazish va u yerda ular bu 
faoliyatning tashabbuskorlariga (boshlovchilariga) va keyinchalik esa bajaruvchilari 
va nazoratchilariga aylanishadi; 
- talabalar uchun o‗zlari uchun ahamiyatli, ular uchun shaxsiy ma‘no-
mohiyatga ega bo‗lishi mumkin bo‗lgan vazifalarni bajarishni belgilaydigan o‗quv 
maqsadlarini ilgari surish imkoniyatlarini yaratish; 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə