Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
279 
Geosiyosiy omillar mazmun-mohiyatiga ko‗ra, doimiy va o‗zgaruvchan omillarga 
bo‗linadi. Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintaqaning hududiy joylashuvi, 
chegarasining shakli va ko‗lami (nisbatan), iqlimi, relyefi, flora va faunasi va shu kabilar 
kiradi. O‗zgaruvchan geografik omillar esa mintaqa yoki davlatning aholisi, foydali 
qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. Umuman borliqdagi 
asosiy geosiyosiy omillar quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi: 

hududiy omil; 

siyosiy omil- davlatning siyosiy tuzilishi, uning o‗ziga xos xususiyatlari, 
davlatdagi ijtimoiy qatlamlar, davlatning chegaralari va shu kabilar; 

geografik omil- borliqda joylashuv holati, tabiiy resurslari, fauna, flora 
dunyosi va shu kabilar; 

iqtisodiy omil-aholining turmush darajasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar 
qudrati, savdo-sotiq, bozorning rivojlanganlik darajasi va shu kabilar; 

transport-kommunikativ imkoniyat-strategik o‗rni, temir yo‗l, avtomobil 
yo‗llari, daryo-suv tarnsporti va shu kabilar; 

tabiiy iqlim sharoiti; 

madaniy omil -milliy an‘analar, madaniy qadriyatlar, fan va ta‘lim 
taraqqiyoti darajasi va shu kabilar; 

demografik omil- aholi tarkibi, joylashuvi, aholi o‗sish darajasi va shu 
kabilar; 

harbiy omil-qurolli kuchlarining qudrati va harbiy tayyorgarligi, harbiy 
mutaxassislarni tayyorlash darajasi va shu kabilar; 

ekologik omil aholining davlatlar va mintaqalar tabiiy resurslarining 
chegaralanganligiga munosabati, xomashyo zaxiralarining kamayishi va shu kabilar; 
Ko‗rinib turibdiki, geosiyosat o‗rganish mavzusiga ko‗ra, o‗z qamrovi 
jihatidan juda keng va ko‗pqirralidir. Zamonaviy geosiyosat ko‗lami jahon siyosati
hokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari bilan bilvosita va 
bevosita bog‗liq. Bu jihatdan geosiyosatga - geosiyosat jamiyatdagi boshqaruv 
muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta‘rif berish mumkin. Bundan tashqari, 
geosiyosat fan sifatida yuqorida qayd etib o‗tilgan omillarni tadqiq etuvchi bir qator 
mustaqil fan va fan sohalarining xususiyatlarini o‗zida mujassamlashtirgan. Bular – 
geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar 
tarixi, sotsiologiya, harbiy bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya va h. 
Ko‗rinib turibdiki, geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki ko‗plab fanlarga xos 
xususiyatlarni o‗zida mujassamlashtirgan, o‗z maqsad-vazifalarini amalga oshuvini 
ta‘min etuvchi uslub-vositalarni tahlil etadigan tarmoqlararo fan tizimidir. Qayd 
qilingan mulohazalar asosida geosiyosatga quyidagi ta‘rifni berish mumkin: 
geosiyosat
- davlatning strategik qudratiga ta‘sir etuvchi, uning ichki va tashqi 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə