Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 

strukturasida, asosan, tashqi motvatorlar mavjud: yomon o‗qiganlik uchun tanqid 
qilishlarini, jazo berishlaridan, stipendiyadan mahrum qilishlaridan qochishga harakat 
qilish va boshqalar. 
Rus psixologiyasida o‗quv faoliyati motivlarining turli xil tasniflari mavjud. 
Masalan, o‗quv faoliyatini tadqiq qilishda, olim L.I. Bojovich [4] o‗quv faoliyatining 
o‗zi va kollektivistik motivlardan kelib chiqadigan rag‗batlarni ajratib ko‗rsatadi. 
Ye.N. Danilinning fikriga ko‗ra [5], kasbiy ta‘lim jarayonida motivatsiya 
faoliyatning adekvatliligi tomonga o‗zgaradi va motivatsiya strukturasida kasbiy va 
ijtimoiy ahamiyatli motivlarning roli oshadi va ilmiy-bilish motivlarning roli 
pasayadi. Faqat o‗qitishning oxirgi yiliga kelib, professionalning obrazi strukturasida 
va uning motivatsion sohasida bo‗lajak kasbiy faoliyatning o‗ziga xos 
xususiyatlari/spesiyaikasi bilan bog‗liq komponentlar hukmronlik/ustunlik qila 
boshlaydi. 
Ye.N. Danilin talabalar faoliyati uchun bir necha asosiy rag‗bat sabablarini 
ajratib ko‗rsatadi: 
1. Kasbiy (professional) iyerarxiyada ilgari borishga (kasbiy pillapoyalarda 
yuqoriga intilishga) bo‗lgan motiv; 
2. Ma‘muriy iyerarxiyada ilgari borishga bo‗lgan motiv; 
3. Madaniy iyerarxiyada ilgari borishga bo‗lgan motiv; 
4. Saqlab qilish motivi (motivatsiyaning ushdu darajasi deganda ―shaxsning 
moslashish motivatsiyasi sohasini‖, ya‘ni guruhdagi individlarning xulq-atvorini 
tartibga soluvchi mexanizmlarni anglatadi); 
Kasbiy iyerarxiyada ilgari borishga intilish rag‗bati (motivi) va saqlab qolish 
motivlari talabalarning hukmron dominant motivlari hisoblanadi. 
Olim M.G. Rogovning oliy ta‘lim muassasalari talabalariga bag‗ishlangan 
tadqiqotlarida ichki motivatsiyaning tashqi motivatsiyadan ustunligi haqida aytiladi: 
―Shaxsning rivojlanishiga bo‗lgan motivlari va (muvaffaqiyatga) erishish rag‗batlari 
o‗quv faoliyatining asosiy motivlari hisoblanadi va muayyan omillar orasida 
muvaffaqiyatga, moddiy farovonlikga, insonning intellektual va madaniy salohiyatini 
kengaytirish, hayotdagi mustaqillikka intilish motivlarining‖ roli katta hisoblanadi 
[6]. 
Olim Yu.N. Kulyutkin [7] bilish faoliyatiga bo‗lgan motivatsiya turlarini 
faoliyatning strukturasi, ―vositalar – maqsadlar‖ nisbati nuqtayi nazaridan tasniflaydi 
av ularni ikki katta guruhga bo‗ladi. Bu guruhlar bir - biridan: faollik manbai 
faoliyatning o‗zida yotishi (bevosita motivatsiya) yoki undan tashqarida yotishi 
(bilvosita motivatsiya) bilan farqlanadi. 
Olim Yu.N. Kulyutkinning fikriga ko‗ra. bilimlarni imkoniyatlar va ularni 
amaliy faoliyatda bevosita, to‗g‗ridan to‗g‗ri qo‗llash nuqtayi nazaridan baholash 
bilishning eng muhim stimulyatorlaridan biridir. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə