Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
10 
hisoblashgan, boshqalari esa buning aksini ilgari surishgan. Masalan, sinovda ishtirok 
etayotgan bolalarni introvertlashtirilgan va ekstrovertlashtirilgan guruhlarga 
ajratishda quyidagi xulosaga kelingan: introvertlashtirilganlar maqtalganda, 
eksprovertlashtirilganlar esa - tanbeh berilganda yuqori darajada ijroiya darajasida 
mallarni bajarishgan. Olim D. Bruner [14] o‗qishga bo‗lgan motivatsiyani 
quyidagicha o‗rganadi. Olim maktab o‗quvchining aynan voqea, yetarlicha uzoq vaqt 
davom etadigan jarayoni bilan bog‗liq tarzda paydo bo‗liadigan amaliy va nazariy 
muammolarni qo‗yadi. Bu. avvalambor, bilish faoliyati tabiatidagi motivlarining 
o‗qish jarayonidagi ahamiyati va yangi narsalarni o‗rganishdan ichki qoniqishning 
roli masalasi qo‗yilishidir. 
O‗qib o‗rganish muayyan ta‘sirga javob reaksiyasi sifatida qaraladigan va 
ushbu reaksiyani samarali qiladigan shart-sharoitlar aniqlanadigan o‗rganish 
jarayoniga bixevioristik yondashuv o‗rniga, D. Bruner taqdirlash va jazo berish 
muammosini o‗rganadi, va real voqyelik insonga xos bo‗lgan bilish jarayoniga 
bo‗lgan turli xil qo‗zg‗atish, turtki berish, uyg‗otishlarni ko‗rib chiqadi. Birvaqtning 
o‗zida, olim bilimlarni olish jarayonining o‗zi bilan bog‗liq qo‗zg‗atuvchilarni: ko‗p 
aqliy mehnat qilganda va unumli intellektual faoliyatdan zavq olish, bilishga qiziqish 
va qiziqqonlikning roli, ―yangi narsalarni kashf etish‖ tajribasi va boshqalarni 
o‗rganadi. 
D. Bruner insonni o‗qishga majbur qiladigan motivlar o‗quv faoliyatdan 
tashqarida joylashgan (bu faoliyatga atrofdagilarning munosabati, kelajak uchun 
vositalar), hamda o‗quv faoliyatining o‗ziga qo‗yilgan maqsadlar bilan belgilanishi 
mumkin. Masala bilish jarayoniga bo‗lgan qo‗zg‗atuvchilar bilan bog‗liq 
motivlarning rolini kuchaytirishdan iborat. 
O‗quv faoliyati motivatsiyasi borasida xorijda amalga oshirilgan 
tadqiqotlarini o‗rganganda, E. Kronning ―Erishish va bosh tortish motivatsiyasi 
epistemik xulq atvorning belgilovchi ibtidosi sifatida‖ deb nomlangan [15] asarini 
eslatib o‗tmaslik mumkin emas. 
Muallif ―epistemik xulq‖ atamasini individning o‗qish, ma‘ruzalarni tinglash 
va savollarni qo‗yishda o‗z faolligini ifodalashini nazarda tutuvchi xulq atvor xatti-
harakat sifatida qo‗llaydi. 
Bunday xulq-atvor turli tartibdagi motivlar bilan belgilanishi mumkin. 
Bunday bilimlarni egallashning bevosita maqsadiga tashqi bo‗lgan motivlar bo‗lishi 
mumkin. O‗z ishi uchun yaxshi baho olishga, hurmat qozonishga bo‗lgan intilish 
bunday motivlar uchun misol bo‗lishi mumkin. 
O‗qishning bu turi o‗qish faoliyatining o‗zida yotadigan ―ichki‖ motivlar 
orqali yo‗naltiriladigan motivga zid keladi. Shu munosabat bilan ushbu tadqiqotda 
xulq atvorning samaradorligi: sinov ishtirokchilari natijaga oriyentasiya olgan 
sharoitda va materialni qiziquvchanlik asosida o‗zlashtirgandagi kabi ikkita 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə