Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
11 
eksperimental vaziyatda aniqlashga urinib ko‗riladi. 
J. Atkinsonning sxemasi sa‘y-harakat, ijro etish darajasi paydo bo‗lgan 
muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining va muvaffaqiyatsizlikka yo‗l qo‗ymaslik 
motivatsiyasining nisbiy kuchiga bog‗liq bo‗ladi. Yutuqqa erishish - bu quyidagi 
omillarning birga kelishi natijasidir: bir tomondan, erishishga bo‗lgan motivning 
kuchi, muayyan harakatda muvaffaqiyatni subyektiv kutish va bu harakatdagi 
muvaffaqiyatning ijobiy qiymati. Boshqa tomondan, qarama-qarshi tabiatli omillar 
mavjud: muvaffaqiyatsizlikdan oldini olish uchun motivning kuchi, muayyan 
harakatdagi muvaffaqiyatsizlikning subyektiv kutilishi va ma‘lum bir harakatdagi 
muvaffaqiyatsizlikning salbiy qiymati. 
Ayni shu barcha tarkibiy komponentlar orasidagi nisbat harakatning amalga 
oshish darajasini belgilaydi. 
Psixologlarining o‗quv faoliyatiga bo‗lgan motivatsiya muammosiga oid 
nuqtayi nazarlarini ko‗rib chiqmoqchimiz. 
Turli mualliflar bu masalani o‗rganish nuqtayi nazaridan, shuningdek, so‗nggi 
yillarda mamlakatimizda ro‗y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‗zgarishlardan 
bog‗liq bo‗lgan oliy ta‘lim tashkilotlariga kirish uchun turli motivlarni ko‗rsatishadi. 
Bularning barchasini ijtimoiy tizimning turli holatlarida o‗z ahamiyatini 
yo‗qotmaydigan izchil namoyon bo‗lgan motivlar deb qayd etish mumkin. Olim 
Ye.P. Ilin bunday motivlarga qatoriga talaba yoshlar davrasida bo‗lishga intilish
kasbning katta ijtimoiy ahamiyati va uni qo‗llashning keng doirasi, kasbning 
qiziqishlar va mayllarga mosligi va ijodiy imkoniyatlari kiradi Qiz va o‗g‗il bolalarda 
motivlarning ahamiyati borasida farqlar mavjud. Qizlar ko‗pincha kasbning katta 
ijtimoiy ahamiyatini, uni qo‗llashning keng doirasini, yirik shaharlar va ilmiy 
markazlarda ishlash imkoniyatini, talabalarning havaskorlik faoliyatida ishtirok etish 
istagini va kasbning moddiy jihatdan yaxshi ta‘minlanganligini qayd etadilar. O‗smir 
yigitlar esa ko‗proq tanlanayotgan kasb ularning qiziqish va mayllariga javob 
berishini ta‘kidlaydilar. Ular oilaviy an‘analarni ham qo‗shib aytadilar. 
Hayotning ijtimoiy sharoitlari oliy ta‘lim tashkilotlariga kirish motivlariga 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Oliy ta‘lim tashkilotlariga kirish uchun yangi motivlarning 
paydo 
bo‗lishi 
bo‗yicha 
olingan 
so‗rovnomada 
qatnashgan 
pedagogika 
universitetining birinchi kurs talabalarining faqat 64% kasbni o‗zlashtirishga 
yo‗naltirilgan bo‗lsa, faqat yarmi bolalar bilan ishlash va muloqot qilishni yoqtirishini 
aytgan. Qolganlari (o‗qituvchilik kasbiga yo‗naltirilganlar orasidan) pedagogika oliy 
ta‘lim tashkilotlariga faqat ma‘lum bir fanni yoqtirganligi yoki intellektual darajasini 
yaxshilash uchun kelgan. 
Ko‗pchilikni tashkil etgan (36%) ikkinchi guruh talabalari oliy ta‘lim 
tashkilotlariga kirishda pedagogik ta‘lim olishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ymagan 
va o‗z mutaxassisligi bo‗yicha ishlashni istamagan. Pedagogika (balki har qanday 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə