Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 

Agar utilitar ehtiyojlar yirik ijtimoiy guruhlar manfaatini ifodalasa, ular 
shuningdek shaxsning bilish faoliyatini uzoq vaqt rag‗batlantirib uning ijtimoiy 
ehtiyojlariga aylanishi mumkin. 
Shaxsning ijtimoiy nufuz/obro‗ga bo‗lgan motivatsiyasini olim Yu.N. 
bilvosita bilish motivatsiyasi deb ataydi. 
Bu holda rag‗bat/motivlarning boshqa bir tizimi bilish faoliyatining vositasi 
bo‗ladi: ular shaxsning o‗zini namoyon qilishi, o‗z "MENini" saqlab (ushlab) turishi 
va tasdiqlashi zarurligini ifodalaydi. Bu yerda shaxsning o‗zi uchun hech qanday 
utilitar foyda yo‗q, unda muayyan bir ijtimoiy guruh orasida shaxs sifatida o‗z-o‗zini 
tasdiqlashga erishish ehtimoli bor. 
Bunday tukrdagi motivlar shaxsning bilish faoliyati uchun kuchli turtkilar 
sifatida xizmat qilishi mumkin. 
Shu bilan birga, bilish faoliyatining qay darajada samarali bo‗lishi, bu 
holatda, rag‗batlarning mazmuniy yo‗naltirilganligiga bog‗liq. 
Bilish faoliyatining ikkinchi (bevosita) turi manba bu motivatsiyaning o‗zida 
bo‗lganda mavjud. Bu yerda yangi bilimlar, malakalar, kashfiyotlar va boshqalarni 
olish ehtiyoji yetakchi rol o‗ynaydi. 
Olim V.G. Leontyevning [8] fikriga ko‗ra, rag‗bat (motiv) inson faoliyatini 
tashkil etishning integral usuli hisoblanadi. U kognitiv (bilish), ehtiyoj bilan bog‗liq 
va tartibga soluvchi-ijroiya funksiyalarini birlashtiradi. Rag‗batning kognitiv 
funksiyasiga batafsilroq to‗xtalib lozim deb o‗ylaymiz. Olim V.G. Leontyevning 
fikriga ko‗ra, har qanday motivning kognitiv funksiyasining mohiyati bilish 
jarayonlarini baholash mexanizmiga kiritish va ehtiyojni qondirish strategiyasini 
ishlab chiqishdan iborat. Ushbu funksiya ehtiyojga asoslangan qo‗zg‗atuvchilar yoki 
shart-sharoitlar va qondirish vositalarini tanlab olishda qiyinchilik tug‗iladigan 
vaziyatlarda motivlar ta‘siri ostida bilish jarayonlari darajasini energetizasiya qilish 
(kuchaytirish) va oshirishda namoyon bo‗ladi. V.G. Leontyev ushbu funksiyaning 
alohida ahamiyati uning muayyan o‗ziga xos bilishga bo‗lgan motivatsiyani 
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishidan kelib chiqadi deb hisoblaydi. 
Bunday bilish motivatsiyasi esa ―aqliy muammolarni uchish jarayonida har qanday 
emas, balki bilish obyektining qat‘iy belgilangan xususiyatlari va uni bilish yo‗llarini 
oldindan bashorat qilishga bo‗lgan muayyan yo‗naltirilganlik sifatida shakllanadi va 
namoyon bo‗ladi‖ [9]. 
Muayyan (spesifik) bilishga bo‗lgan motivatsiyani shakllantirish uchun o‗ziga 
xos bo‗lmagan (nospesifik) energetizasiya va motiv ta‘sirida bilish jarayonlarining 
kechishi bosqichida inson bilish obyektining aspektlari orasidagi jiddiy farqlarni ocha 
olish olmasligi muhim hioblanadi. Agar inson "hech bo‗lmaganda intuitiv ravishda 
bunday farqni his qilishni boshlasa, unda bu muammoni yechishning tegishli 
mazmunini chuqurroq ochib berish yo‗nalishida fikrlash jarayonini (tahlil qilish, 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə