|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliFanlararo aloqalarni amalga oshirish8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)5. Fanlararo aloqalarni amalga oshirish.
Fanlararo aloqalarga bo‗lgan
ehtiyoj g‗oyasi usuli yangi emas. Bu haqda K.D.Ushinskiy ko‗p marotaba aytgan. U
yetakchi g‗oyalar va umumiy tushunchalarga asoslangan obyektlar o‗rtasidagi
bog‗liqlik juda dolzarb va istiqbolli deb hisoblagan. Bularning barchasi bilimlarni
kengaytirish va chuqurlashtirishga, hamda yakuniy natijada ularni dunyoqarashga
aylantirishga yordam berishini alohida ta‘kidlagan.
O‗quvchilarning maktabda o‗tiladigan biologiya, kimyo, matematika, tarix
fanlaridan egallagan bilim va kompetensiyalari ham muhim ahamiyatga egadir.
Jumladan, biologiya-o‗simlik va hayvonlarning hayotiy xususiyatlarini muhit bilan
bog‗lab o‗rgatsa, ―Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ kursi esa ularni jahon
mintaqalari bo‗ylab tarqalish sabablarini o‗rganadi. Kimyo-moddalar va ularnig
xususiyatlari haqida ma‘lumotlar bersa, ―Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ kursi
esa jahon kimyo sanoati va unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda
joylashtirish yo‗llari, atmosfera va tabiatdagi kimyoviy jarayonlar haqida
ma‘lumotlar berib boradi. ―Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ kursi materiallarini
o‗zlashtirishda matematikada o‗tiladigan masshtab, gradus burchaklarni o‗lchash,
musbat va manfiy sonlar, foiz kabi tushunchalar katta yordam beradi. ―Jahon
iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ fanida o‗tiladigan qit‘alar, davlatlar va ularning
aholisi tarixini o‗rganishda o‗quvchilar tarix fanidan olgan bilimlariga suyanadi.
Ushbu fanlardan egallagan bilimlar esa maktab o‗quvchilar ongida ―Jahon
iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ fanini oson o‗zlashtirish, va tushunishlari uchun
zamin bo‗lib xizmat qiladi.
6. O„qitishda o„yin usullaridan foydalanish texnologiyasi.
Bu rol o‗ynash,
ishbilarmonlik, konferensiya, munozara va boshqa o‗quv o‗yinlari turlari bo‗lishi
mumkin.
Ushbu
texnologiya
fikrlashning
kengayishini,
bilish
faoliyatini
|
|
|