|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
45
- Yangi tilni o‗rganishda so‗z boyligini o‗zlashtirish muhimligini hammamiz
bilamiz. Ingliz tilini o‗rganayotganimizni tasavvur qilamiz.
Ingliz tilida gapirish va tushunishda so‗zlashuv malakasiga ega bo‗lish uchun
qancha lug‗at kerak? Biz atigi 1000 ta so‗z bilan taxminan 50% ingliz tilini bilishimiz
mumkin. Agar biz, aytaylik, 98% til egasiga erishmoqchi bo‗lsak, taxminan 100 000
so‗zni o‗rganishimiz kerak. Darhaqiqat, 2000 ta eng tez uchraydigan so‗zlarni
o‗rganish orqali biz deyarli har qanday tilning 80 foizini qamrab olamiz. Shuning
uchun, til o‗rganuvchi sifatida, 80/20 tahlili bizga lug‗atga ustunlik berish kerakligini
aytadi. Pareto prinsipini til o‗rganish faoliyatida qo‗llashni boshlaganimizda, biz
kutgan natija yaxshilanadi. Bundan tashqari, biz til o‗rganish uchun ko‗proq vaqt
ajratishimiz muhim.
O„quv materiallarini qismlarga
bo‗lish orqali ta‘lim sohasida oz-ozdan
o‗qituvchi oldiga qo‗ygan maqsadini bajaradi. Qanchalik ko‗p qo‗shimcha ma‘lumot
olsak, yangi tilimizni
o‗rganish uchun yetarli vaqtimiz bo‗ladi. Dars
berayotganimizda turli usullardan foydalanish mumkin albatta, lekin o‗qituvchining
metodi bo‗lmasa kutilgan natijaga erisha olmaydi. Til o‗rganish uchun materiallarni
qismlarga bo‗lish orqali vaqtimizdan oqilona foydalanishimiz mumkin.
Masalan,
1.
Har biri 100 ta soʻzdan iborat bo‗lgan oʻnta qisqa hikoyalar
2.
1000 so‗zdan iborat hikoyalar, ertaklar.
Endi bulardan qaysi birini yodlash osonroq bo‗ladi? Albatta, agar to‗g‗ri
taxmin qilsak, bu birinchi raqamdagi misolimiz. Har qanday narsani o‗rganishning
eng yaxshi usullaridan biri bu ma‘lumotlarning kichik qismlarini olishdir. Biz ularni
keyin o‗zimizni yo‗llar bilan tartibga solamiz. Keyin biz tushunganimizni tashqi
tomondan aniqlaymiz. Agar ma‘lum bir ma‘lumotga ega bo‗lsak, ongimiz shunchalik
ko‗p ma‘lumotlarni oldindan o‗rgangan narsalar bilan bog‗laydi, jamlaydi va
mustahkamlaydi. Kichik eslatmalarni, masalan, ingliz tilida maxsus terminlar,
maqollar, idiomalarni cho‗ntak daftarlari, smartfon yoki bizga mos keladigan narsalar
orqali to‗plashimiz mumkin.
Muhim nuqta – so‗zni yoki biron bir kichik bilim qismini tez va samarali
tarzda qo‗lga kiritishdir. O‗qituvchi ko‗p ma‘lumot berishi yoki aksincha qismlarga
ajratib darslarni tushuntirsa, masalan, hafta davomida 10 ta idioma, 20 ta yangi lug‗at
yoki dars asosidagi 10 ta mashq berilsa, talaba birdaniga hammasini bajarsa, ma‘lum
bir muddatdan kein uning yodida hech narsa bo‗lmaydi. Agar talaba har kuni 5 tadan
so‗zlarni maxsus stikerlarga yozib, ko‗zi ko‗p tushadigan maydonlarga joylashtirib
chiqsa, ana unda natijani ko‗ra olamiz, aytmoqchimizki, sekin-sekin ongimizda
kerakli ma‘lumot bo‗lib saqlanib qoladi va yodimizdan ko‗tarilmaydi. Har qanday
metodni qo‗llashdan oldin o‗qituvchi shu metodni o‗zida sinab ko‗rishi zarur. deb
hisoblaymiz.
|
|
|