|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
46
Chet tilida fikrlashni o„rganish-
Tilni birinchi marta o‗rganuvchilar, odatda,
tilda fikrlashni boshlash uchun tilni mukammal bilishlari kerak, deb hisoblashadi.
Ishonchimiz komilki, bu noto‗g‗ri fikr. Albatta, boshida o‗zga tilda fikrlay olish oson
emas. Chet tilini o‗rganishni boshlaganimizda, maqsadli tilda fikr yuritish, ayniqsa,
dastlabki bosqichda, haqiqatan ham qiyin bo‗lishi mumkin. Ko‗pchilik talabalar va
hattoki o‗qituvchilar ham yangi tilni tarjima qilish orqali o‗zlashtiradi. Tajribam
davomida, ya‘ni til o‗rgatish davrida xoh ular o‗qituvchilar, xoh ular talabalar bo‗lsin
doimo ―google tarjimon‖ yoki shunga o‗xshash maxsus dasturlardan foydalanganini
ko‗ramiz. Bunday holat ikkinchi tilni o‗rganishdagi muvaffaqiyatsizlik sabablaridan
biridir. O‗rganayotgan tilimizda javobni o‗ylab, tinglayotgan hamma narsani
transkripsiya qilish o‗rniga, osonlikcha muloqot qila olish yo‗llarini o‗ylashimiz
ma‘qulroq deb o‗ylaymiz. Miyani ona yoki ingliz tiliga va maqsadli tilga ishontirish
faqat til o‗rganish jarayonini sekinlashtiradi. Agar ravon so‗zlashish istagi bo‗lsa,
tegishli tilda o‗ylashni boshlash kerak. Ushbu mukammal va vaqt sinovidan o‗tgan va
ishonchli til o‗rganish metodini yoxud texnikasini o‗zlashtirgandan so‗ng, chet tilini
o‗rganishda sezilarli o‗sishni sezish mumkin. Shubhasiz, bunday holatga erishish
uchun vaqt talab etiladi. Agar bu metodni amalga oshirish uchun ongli ravishda
harakat qilsak, kutilgan natijaga erishish ancha oson. Shu tufayli ham biz dars
o‗tayotganimizda talabalarimizga ingliz tilida so‗zlaymiz. Ona tilini hech qanday
sharoitda ishlatmaymiz. Ko‗p talabalar uchun bu holat juda qiyin bo‗lgan. Lekin
ma‘lum bir muddatdan so‗ng ular tilni, gaplar strukturasini tushuna boshlashgan.
Chet
tilida
Dostları ilə paylaş: |
|
|