TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
44
T-Time bound (vaqt asosida)
har bir dars, loyiha, prezentatsiya, uy ishlari
mavzu bajarishlari uchun individual mashq va vazifalarni vaqtga nisbatan
joylashtirsak, barcha reja qilgan dars loyihalarimiz o‗qituvchining ma‘lum bir vaqti
asosida rejalashtiriladi [5].
Bizning fikrimizga ko‗ra, darsning birinchi kunidayoq, talabalarga to‗gri
yo‗nalish va motivatsiya berish uchun ushbu metoddan foydlansa arziydi. Negaki,
har bir narsa o‗lchamli, maqsadli, haqiqiy, vaqtiga mos bo‗lsa
ham talaba, ham
o‗qituvchi o‗z maqsadiga erishadi.
Keying metodimiz-
Pareto
prinsipi
(Pareto pronciple)-ya‘ni 80/20 qoidasi.
Pareto printsipini 80/20 nazariyasi deb ham nomlanadi. Bu metodning 20 foizi
talabaning faoliyati, 80 foizi esa talabaning natijalari asosida yotadi yoki aksincha
bo‗lishi ham mumkin. 80 foiz mashg‗ulot yoki faoliyat, 20 foizi esa natija. Pareto
prinsipini qo‗llash o‗qituvchining o‗ziga bog‗liq va qaysi qismiga qanday foizini
ishlatish ham pedagogga bog‗liq. Chunki talabalarning dunyoqarashi,
fikrlashiga
qarab o‗qituvchi metod tanlaydi. Til o‗rganishda vaqt juda muhim hisoblanadi.
Yetarli vaqtni yaratmasdan, til o‗rganib bo‗lmaydi. Biroq, biz duch keladigan
asosiy qiyinchilik - bu vaqt yetishmasligi emas, balki ustuvorliklarimizni
aniqlash
va ularga e‘tibor qarata olmaslikdir. Aynan shu borada Pareto prinsipi kuchga
kiradi. 80/20 qoidasi oddiy, ammo samarali strategiyadir. Bu bizga hayotimizdagi
eng muhim, yuqori natijaga yo‗naltirilgan faoliyatni
aniqlashga yordam beradi va
keraksiz, past natijaga yo‗naltirilgan faoliyatni yo‗q qiladi.
Shuningdek, u til
o‗rganish uchun qo‗shimcha vaqtni ajratadi. Bu tamoyilni birinchi marta italiyalik
iqtisodchi Vilfredo Pareto ommalashtirdi. U qiyosiy tahlil bilan bog‗liq.
Aslini olganda, Pareto prinsipi shuni ko‗rsatadiki, biz o‗zimizning barcha
xatti-harakatlarimizni tahlil qilishimiz va taqqoslashimiz kerak. Shuningdek, asosiy
e‘tiborni vaqtga qaratishimiz lozim. Aytilgan gaplarni misollar tariqasida ko‗rsak,
Kundalik, haftalik yoki oylik takrorlanadigan vazifalarni (ish, uy ishlari,
mashq qilish, o‗yin, o‗qish va h.k.) eslab qolamiz va o‗zimiz xohlagan natijaga
erishamiz. Ko‗rib turganimizdek, natija uchun ish bajariladi
va bu doimiy ravishda
takrorlanadi.
- O‗zimiz uchun kerakli ishni yoki yoqtirgan mashg‗ulotimizni ko‗rib
chiqamiz va eng yaxshi, eng ko‗p mukofotlarni keltirib chiqaradigan ishni
boshlaymiz. Bular - biz birinchi o‗ringa qo‗yishimiz kerak bo‗lgan katta, natijaga
yo‗naltirilgan vazifalardir.
- Endi qaysi vazifalar eng keraksiz yoki
eng ahamiyatsiz ekanligini
aniqlaymiz. Ushbu vazifalarni ro‗yxatdan olib tashlaymiz.