Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


A-Attainable - erishish mumkin bo„lgan maqsadlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

A-Attainable - erishish mumkin bo„lgan maqsadlar.
Haqiqiy bo‗lmagan 
maqsadlar bizning motivatsiya darajamizni sezilarli darajada pasayishiga olib 
kelishi mumkin. Ma‘lum vaqt davomida, ko‗zlagan maqsadimizga erishishni 
maqsad qilib qo‗yish. Oldimizga qo‗ygan maqsadimiz yoki talabaning maqsadi 
juda ulkan bo‗lishi mumkin. Shu sababli ham unga erishish ancha murakkab
buning oldini olish uchun maqsadlarni kichik qismlarga bo‗lib, ularga erishishni 
qadam va qadam bajarishimiz kerak. 
R-realistic- haqqanoniy 
deb tarjima qilsak xato bo‗lmaydi, deb 
hisoblaymiz. Har qanday mavzuning boshlanishidan to yakuniy, ya‘ni baho qismini 
aytadigan bo‗lsak, talabaning haqiqiy bilimiga mos baho yoki ball olishi haqqoniy 
bo‗lishi kerak. Talaba ham, o‗qituvchi ham aldanib qolmasligi kerak. Talaba 
mavzularni, uy vazifalar va turli xil loyiha ishlarini taqdimotlar qiladi va haqqoniy 
ball oladi. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
44 
T-Time bound (vaqt asosida) 
har bir dars, loyiha, prezentatsiya, uy ishlari 
mavzu bajarishlari uchun individual mashq va vazifalarni vaqtga nisbatan 
joylashtirsak, barcha reja qilgan dars loyihalarimiz o‗qituvchining ma‘lum bir vaqti 
asosida rejalashtiriladi [5]. 
Bizning fikrimizga ko‗ra, darsning birinchi kunidayoq, talabalarga to‗gri 
yo‗nalish va motivatsiya berish uchun ushbu metoddan foydlansa arziydi. Negaki, 
har bir narsa o‗lchamli, maqsadli, haqiqiy, vaqtiga mos bo‗lsa ham talaba, ham 
o‗qituvchi o‗z maqsadiga erishadi. 
Keying metodimiz- 
Pareto
prinsipi
(Pareto pronciple)-ya‘ni 80/20 qoidasi. 
Pareto printsipini 80/20 nazariyasi deb ham nomlanadi. Bu metodning 20 foizi 
talabaning faoliyati, 80 foizi esa talabaning natijalari asosida yotadi yoki aksincha 
bo‗lishi ham mumkin. 80 foiz mashg‗ulot yoki faoliyat, 20 foizi esa natija. Pareto 
prinsipini qo‗llash o‗qituvchining o‗ziga bog‗liq va qaysi qismiga qanday foizini 
ishlatish ham pedagogga bog‗liq. Chunki talabalarning dunyoqarashi, fikrlashiga 
qarab o‗qituvchi metod tanlaydi. Til o‗rganishda vaqt juda muhim hisoblanadi. 
Yetarli vaqtni yaratmasdan, til o‗rganib bo‗lmaydi. Biroq, biz duch keladigan 
asosiy qiyinchilik - bu vaqt yetishmasligi emas, balki ustuvorliklarimizni aniqlash 
va ularga e‘tibor qarata olmaslikdir. Aynan shu borada Pareto prinsipi kuchga 
kiradi. 80/20 qoidasi oddiy, ammo samarali strategiyadir. Bu bizga hayotimizdagi 
eng muhim, yuqori natijaga yo‗naltirilgan faoliyatni aniqlashga yordam beradi va 
keraksiz, past natijaga yo‗naltirilgan faoliyatni yo‗q qiladi. Shuningdek, u til 
o‗rganish uchun qo‗shimcha vaqtni ajratadi. Bu tamoyilni birinchi marta italiyalik 
iqtisodchi Vilfredo Pareto ommalashtirdi. U qiyosiy tahlil bilan bog‗liq. 
Aslini olganda, Pareto prinsipi shuni ko‗rsatadiki, biz o‗zimizning barcha 
xatti-harakatlarimizni tahlil qilishimiz va taqqoslashimiz kerak. Shuningdek, asosiy 
e‘tiborni vaqtga qaratishimiz lozim. Aytilgan gaplarni misollar tariqasida ko‗rsak,
Kundalik, haftalik yoki oylik takrorlanadigan vazifalarni (ish, uy ishlari, 
mashq qilish, o‗yin, o‗qish va h.k.) eslab qolamiz va o‗zimiz xohlagan natijaga 
erishamiz. Ko‗rib turganimizdek, natija uchun ish bajariladi va bu doimiy ravishda 
takrorlanadi. 
- O‗zimiz uchun kerakli ishni yoki yoqtirgan mashg‗ulotimizni ko‗rib 
chiqamiz va eng yaxshi, eng ko‗p mukofotlarni keltirib chiqaradigan ishni 
boshlaymiz. Bular - biz birinchi o‗ringa qo‗yishimiz kerak bo‗lgan katta, natijaga 
yo‗naltirilgan vazifalardir. 
- Endi qaysi vazifalar eng keraksiz yoki eng ahamiyatsiz ekanligini 
aniqlaymiz. Ushbu vazifalarni ro‗yxatdan olib tashlaymiz. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə