Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
46 
Chet tilida fikrlashni o„rganish- 
Tilni birinchi marta o‗rganuvchilar, odatda, 
tilda fikrlashni boshlash uchun tilni mukammal bilishlari kerak, deb hisoblashadi. 
Ishonchimiz komilki, bu noto‗g‗ri fikr. Albatta, boshida o‗zga tilda fikrlay olish oson 
emas. Chet tilini o‗rganishni boshlaganimizda, maqsadli tilda fikr yuritish, ayniqsa, 
dastlabki bosqichda, haqiqatan ham qiyin bo‗lishi mumkin. Ko‗pchilik talabalar va 
hattoki o‗qituvchilar ham yangi tilni tarjima qilish orqali o‗zlashtiradi. Tajribam 
davomida, ya‘ni til o‗rgatish davrida xoh ular o‗qituvchilar, xoh ular talabalar bo‗lsin 
doimo ―google tarjimon‖ yoki shunga o‗xshash maxsus dasturlardan foydalanganini 
ko‗ramiz. Bunday holat ikkinchi tilni o‗rganishdagi muvaffaqiyatsizlik sabablaridan 
biridir. O‗rganayotgan tilimizda javobni o‗ylab, tinglayotgan hamma narsani 
transkripsiya qilish o‗rniga, osonlikcha muloqot qila olish yo‗llarini o‗ylashimiz 
ma‘qulroq deb o‗ylaymiz. Miyani ona yoki ingliz tiliga va maqsadli tilga ishontirish 
faqat til o‗rganish jarayonini sekinlashtiradi. Agar ravon so‗zlashish istagi bo‗lsa, 
tegishli tilda o‗ylashni boshlash kerak. Ushbu mukammal va vaqt sinovidan o‗tgan va 
ishonchli til o‗rganish metodini yoxud texnikasini o‗zlashtirgandan so‗ng, chet tilini 
o‗rganishda sezilarli o‗sishni sezish mumkin. Shubhasiz, bunday holatga erishish 
uchun vaqt talab etiladi. Agar bu metodni amalga oshirish uchun ongli ravishda 
harakat qilsak, kutilgan natijaga erishish ancha oson. Shu tufayli ham biz dars 
o‗tayotganimizda talabalarimizga ingliz tilida so‗zlaymiz. Ona tilini hech qanday 
sharoitda ishlatmaymiz. Ko‗p talabalar uchun bu holat juda qiyin bo‗lgan. Lekin 
ma‘lum bir muddatdan so‗ng ular tilni, gaplar strukturasini tushuna boshlashgan.
Chet
tilida

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə