Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


O„qish va yozish qobiliyatini shakllantirish metodi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

O„qish va yozish qobiliyatini shakllantirish metodi
- (Reading and Writing 
Skills). Aslida o‗qish va yozish orqali tilni oson o‗zlashtirish mumkin. Hozir 
jadallashgan davrimizda internetda ko‗plab o‗quv materiallarini topishimiz mumkin. 
Ularni talabalarga o‗qitishimiz va mavzu asosida ma‘lum bir bayonoma yoki insholar 
(essay) berishimiz mumkin. So‗zlashish davomida, xatolarni tuzatishga vaqti 
bo‗lmaydi. Talabalar bitta jumlaga bir necha daqiqa sarflay olmaydi, chunki suhbatni 
davom ettirishlari kerak. Yozish va o‗qish - bu umuman o‗zgacha ko‗nikma. So‗z 
qanday yozilishini talabalar ongida tasavvur qilishga katta yordam beradi. Yozish 
amaliyoti talabalar muvaffaqiyatini kuzatib borishga yordam beradi. Shuningdek, u 
o‗rgangan narsalarni eslab qolishga va to‗g‗ri xotira izlarini yaratishga yordam 
beradi. Ushbu amaliyot talabalarni ishonchli ma‘ruzachiga aylantiradi, u talabalarga 
chet tilida fikrlashni boshlashimizga yordam beradi. Ham o‗qituvchi, ham talabalar 
qisqa vaqt ichida til ko‗nikmalarini sezilarli yaxshilanishlarni ko‗radilar. 
Lug„at bilan ishlash metodi - 
til o‗rganish masalasiga kelsak, lug‗at doimo 
talabalar yonida bo‗lishi kerak. Lug‗at katta bo‗lishi shart emas. Cho‗ntak yoki hatto 
so‗zlashuv kitobi yoki mobil qurilma lug‗ati juda yaxshi yordam beradi. Talabalar 
yozadilarmi, o‗qiydilarmi yoki shunchaki tinglaydilarmi, lug‗atni o‗rganish uchun 
ularga yaxshi xizmat qiladi. Ushbu metod so‗z boyligini kengaytirishga yordam 
beradi va muayyan vaziyatlar uchun to‗g‗ri so‗zlarni tanlashda ishonchni oshiradi.


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
49 
Muloqot qobiliyatini yaxshilash uchun filmlarni tomosha qilish va 
musiqa tinglash
. Ko‗rinib turibdiki, barcha metodlar bir biri bilan chambarchas 
bog‗liq ekan. Darhaqiqat darsdan 10 daqiqa oldin yoki dars yakuniga 10 daqiqa 
qolganida talabalarga til o‗rganishga yanada qiziqish o‗rnatish uchun, mashhur 
hamda qiziqarli filmlarni ko‗rish orqali maqsadimizga erisha olamiz [5]. 
Aytish joizki, aytib o‗tilgan metodlar sinovdan o‗tgan va biz tomonimizdan 
darslar davomida tekshirilib ko‗rilgan va samarisini bergan.
Endi ana shu metodlarga, darslarni yanada mazmunli qilish maqsadida har bir 
pedagogning dars o‗tish usullari bo‗lish kerak. Masalan, SWOT tahlili, Thinkwane, 
Crocodile, ochiq havodagi sayr, online o‗yinlari talabalar ishtirokida o‗tkazish 
(kahoot, quizizi,) usullari orqali ta‘limda qiziqarli islohatlar bo‗lmoqda. Ushbu 
usullar haqida batafsil I bob hamda III boblarda, ilovalarda ham ma‘lumot berilib 
ketilgan.
Shuni ham ilmiy ishimizga qo‗shimcha qilamizki, metodlar bilan usullar 
doimiy ravishda chambarchas bir birlariga bog‗liq bo‗lishlari kerak. Agar turli xil 
usullarni darsimiz davomida qo‗llayversak, lekin metodimiz bo‗lmasa yoki aksincha 
metodimizni ta‘kidlayverib, usular orqali dars o‗tmasak, natija chiqmaydi. Metodlar - 
darslarni to‗gri rejalashtirish, talabalar oldiga kutilgan maqsadni qo‗yishga 
ko‗maklashsa, dars usullari esa dasrlarni mazmunli, qiziqarli va samarali qilishga 
yordam beradi. Metodlar umumiy bo‗lishi mumkin, lekin dars usullari turli xil bo‗ladi 
yoki o‗qituvchi tomonidan o‗ylab topiladi. Bekorga o‗qituvchi shaxsi yaxshi ijodkor 
bo‗lsa, uning ta‘lim berishdagi potensiali yuqori bo‗ladi, demaymiz. Ijodkor 
o‗qituvchi dars davomida xilma-xil, takrorlanmas qiziqarli usullarni darslarga kiritsa, 
u qo‗llagan metod ham o‗z samarasini ko‗rsatadi va dars bo‗ladi. Asosiysi talaba 
xalqi darslardan o‗zlariga kerakli qismlarni oladi.
Masalan, Thinkwane usuli (cinquinne) fransuzcha so‗zdan olingan bo‗lib 
―beshlik‖ deb tarjima qilinadi. Inglizlar bu metodni boshqacha nom bilan atadilar, 
ya‘ni fransuzcha so‗zga talaffuzi yaqin, lekin ma‘no jihatidan turlicha ya‘ni 
―thinkwane‖ - ―fikrlash talqini‖ degan ma‘noni anglatadi. Ushbu usulda 5 ta qoidadan 
foydalanamiz: 
1.
Noun (ega) (1 ta) 
2.
Adjective (sifat) (2 ta) 
3.
Verb (fe‘l) (3 ta) 
4.
Make up sentence (1ta gap tuzish) 
5.
Noun (ega) ( 1 dona sinonim) 
Ushbu usuldan barcha yoshdagi o‗quvchilar va talabalar foydalansalar 
bo‗ladi. Qiziqarli, samarali usuldir. Bunda yoshlar nimanidir juda tez eslab qoladilar. 
Masalan, Talabalarga 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə