Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
45 
- Yangi tilni o‗rganishda so‗z boyligini o‗zlashtirish muhimligini hammamiz 
bilamiz. Ingliz tilini o‗rganayotganimizni tasavvur qilamiz.
Ingliz tilida gapirish va tushunishda so‗zlashuv malakasiga ega bo‗lish uchun 
qancha lug‗at kerak? Biz atigi 1000 ta so‗z bilan taxminan 50% ingliz tilini bilishimiz 
mumkin. Agar biz, aytaylik, 98% til egasiga erishmoqchi bo‗lsak, taxminan 100 000 
so‗zni o‗rganishimiz kerak. Darhaqiqat, 2000 ta eng tez uchraydigan so‗zlarni 
o‗rganish orqali biz deyarli har qanday tilning 80 foizini qamrab olamiz. Shuning 
uchun, til o‗rganuvchi sifatida, 80/20 tahlili bizga lug‗atga ustunlik berish kerakligini 
aytadi. Pareto prinsipini til o‗rganish faoliyatida qo‗llashni boshlaganimizda, biz 
kutgan natija yaxshilanadi. Bundan tashqari, biz til o‗rganish uchun ko‗proq vaqt 
ajratishimiz muhim. 
O„quv materiallarini qismlarga
bo‗lish orqali ta‘lim sohasida oz-ozdan 
o‗qituvchi oldiga qo‗ygan maqsadini bajaradi. Qanchalik ko‗p qo‗shimcha ma‘lumot 
olsak, yangi tilimizni 
o‗rganish uchun yetarli vaqtimiz bo‗ladi. Dars 
berayotganimizda turli usullardan foydalanish mumkin albatta, lekin o‗qituvchining 
metodi bo‗lmasa kutilgan natijaga erisha olmaydi. Til o‗rganish uchun materiallarni 
qismlarga bo‗lish orqali vaqtimizdan oqilona foydalanishimiz mumkin. 
Masalan, 
1.
Har biri 100 ta soʻzdan iborat bo‗lgan oʻnta qisqa hikoyalar 
2.
1000 so‗zdan iborat hikoyalar, ertaklar. 
Endi bulardan qaysi birini yodlash osonroq bo‗ladi? Albatta, agar to‗g‗ri 
taxmin qilsak, bu birinchi raqamdagi misolimiz. Har qanday narsani o‗rganishning 
eng yaxshi usullaridan biri bu ma‘lumotlarning kichik qismlarini olishdir. Biz ularni 
keyin o‗zimizni yo‗llar bilan tartibga solamiz. Keyin biz tushunganimizni tashqi 
tomondan aniqlaymiz. Agar ma‘lum bir ma‘lumotga ega bo‗lsak, ongimiz shunchalik 
ko‗p ma‘lumotlarni oldindan o‗rgangan narsalar bilan bog‗laydi, jamlaydi va 
mustahkamlaydi. Kichik eslatmalarni, masalan, ingliz tilida maxsus terminlar, 
maqollar, idiomalarni cho‗ntak daftarlari, smartfon yoki bizga mos keladigan narsalar 
orqali to‗plashimiz mumkin. 
Muhim nuqta – so‗zni yoki biron bir kichik bilim qismini tez va samarali 
tarzda qo‗lga kiritishdir. O‗qituvchi ko‗p ma‘lumot berishi yoki aksincha qismlarga 
ajratib darslarni tushuntirsa, masalan, hafta davomida 10 ta idioma, 20 ta yangi lug‗at 
yoki dars asosidagi 10 ta mashq berilsa, talaba birdaniga hammasini bajarsa, ma‘lum 
bir muddatdan kein uning yodida hech narsa bo‗lmaydi. Agar talaba har kuni 5 tadan 
so‗zlarni maxsus stikerlarga yozib, ko‗zi ko‗p tushadigan maydonlarga joylashtirib 
chiqsa, ana unda natijani ko‗ra olamiz, aytmoqchimizki, sekin-sekin ongimizda 
kerakli ma‘lumot bo‗lib saqlanib qoladi va yodimizdan ko‗tarilmaydi. Har qanday 
metodni qo‗llashdan oldin o‗qituvchi shu metodni o‗zida sinab ko‗rishi zarur. deb 
hisoblaymiz.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə