Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

Pedagogik texnologiya -
bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq 
maqsadga yo‗naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi 
pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya, 
jumladan umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‗naltirilgan texnologiya 
ham o‗zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta‘sirlari eng zamonaviy 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
42 
talablarga javob bergan holda, o‗qituvchi ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va 
boshqarish tamoyillari, yo‗llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga 
xizmat qiluvchi metod va uslublar, talabalar shaxsi faoliyatni to‗g‗ri tashkil etish, 
ular bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini tashkil etish 
jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, 
auditoriyada ijodiy hamkorlik, ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va 
metodlar bilan qurollangan bo‗lishi lozim [1],[3]. 
Ta‘lim amaliyotida ―
pedagogik texnologiya
tushunchasi uch darajada 
qo‗llaniladi: 
Umumpedagogik (makro) daraja.
Mazkur darajaga muvofiq keladigan 
texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‗lib, ularga muammoli, 
tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo‗naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, 
masofali o‗qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur 
texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‗lib, o‗qituvchilar, olimlar va
 
izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va 
amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‗lganidan so‗ng uni amaliyotchi 
o‗qituvchilar o‗z faoliyatida qo‗llaydilar. 
Xususiy-metodik (mezo) daraja.
Ushbu daraja o‗zida ma‘lum bir o‗quv 
fanini o‗qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni o‗zida aks ettiradi. Masalan, 
ingliz tili o‗qituvchisi darsini o‗tayotganda har qanday mavzu bo‗lishidan qat‘iy 
nazar har safar darsning texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir 
ko‗p ta‘kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik xarita 
rejalashtirishga to‗g‗ri keladi. Natijada har bir fanni o‗qitish texnologiyasi yuzaga 
keladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə