Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
38 
rivojlantirishni, 
amaliy 
faoliyatda 
zarur 
bo‗lgan 
ma‘lum ko‗nikmalarni 
shakllantirishni, ta‘lim qobiliyatlarini rivojlantirishni ta‘minlaydi. Dars-o‗yinlar 
(intensiv o‗qitish texnologiyalari) nafaqat o‗quvchilarning mustaqil faoliyatini 
faollashtirishga, balki xotirani rivojlantirishga, turli xil hayotiy vaziyatlarni va 
shaxslararo munosabatlarni modellashtirishga, hayajonni yengishga yordam beradi, 
har doim hayajonli, 
o‗quvchilarni o‗z qobiliyatlarini, tashabbuskorligini, 
komplekslarni yengib o‗tish, jamoada ishlashga yordam beradi. Masalan, Jahon 
iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursida ―Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat 
tuzimi‖, ―Metallurgiya‖, ―Mashinasozlik‖, ―Yengil sanoat‖, ―Oziq-ovqat sanoati‖ va 
mamlakatlarning iqtisodiy geografik xususiyatlarini o‗rganishda bir qancha o‗yin 
usullaridan foydalanish mumkin.
7. Geografik xaritalarni o‗rganishda 
“Location” texnologiyasi
orqali 
o‗rganish. Bizga ma‘lumki geografiya, xususan, ―Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi‖ fani xaritalar bilan chambarchas bog‗liq. Chunki mavzuda 
o‗rganilayotgan obyektlarning joylashgan geografik o‗rni haqidagi to‗liq 
ma‘lumotlarni xaritalar orqali tassavur qila olamiz Geografik xaritalar shunday bir 
xususiyatga egaki, biz dunyoning biror joyiga bormasdan turib ham o‗sha joy haqida 
aniq ma‘lumotlarga ega bo‗lishimiz mumkin. Bu borada R.Qurboniyozov ham 
shunday yozgan edi: xaritani bilish va undan foydalana olish deganda, undan xilma 
xil ma‘lumotlarni, xususan, tabiiy va iqtisodiy geografik ma‘lumotlarni ola bilish 
tushuniladi [8]. Demak, xaritalar bizning olam haqida bilimlarimizni boyituvchi eng 
asosiy manbalardan hisoblandi. Ammo, biz bir qarashda geografik xaritalarning 
mazmuni nimada ekanligini anglolmaymiz, ya‘ni xaritalarni o‗qish ko‗nikmasi 
birdaniga hosil bo‗lmaydi. U asta-sekin uzoq mashqlar tufayli chuqurlashadi va 
takomillashadi. Mazkur texnologiya xaritalardagi obyektlarni boshqa bir obyektlarga 
nisbatan joylashgan o‗rniga qarab tavsiflashni talab etadi. Bu o‗quvchilarda 
xaritalardagi ko‗plab hududlar haqida ma‘lumotga ega bo‗lishlarini, shu bilan birga 
ularning joylashgan o‗rnini ham bilishlariga imkon beradi. Biz bu texnologiya orqali 
o‗quvchilarga xaritalar hamda atlaslarni oson va qiziqarli tarzda o‗rgatishimiz 
mumkin. Location texnologiya o‗quvchilarning mustaqil fikrlashini oshirish
xotirasini mustahkamlash, ko‗plab ma‘lumotlar orasidan keraklilarini tanlab olish va 
bir-biriga bog‗lay olishni hamda bir guruhda ishlashni o‗rgatadi. Xaritalarni tez va 
oson o‗rganish imkonini beradi, shu bilan birga o‗quvchilarning Geografiya faniga 
bo‗lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə