Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
35 
bilan yanada integratsiyalashuviga zamin yaratadi. Bugungi kunda ushbu ―Jahon 
iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ fanining ahamiyati yanada dolzarblashmoqda. 
O‗quvchilarga ―Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ faniga oid bilimlarni 
tayyor holda emas mustaqil ravishda olish yo‗llarini o‗rgatish, iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiya darslarida o‗quv jarayonini ilmiy-ijodiy tashkil etish hamda o‗quvchilarga 
nostandart vaziyatlar yaratish orqali muommoni aniqlash va ularni yechish yo‗llarini 
bajarishi uchun amaliy ko‗nikmalarni shakillantirish masalasi ahamyatlidur. 
Bugungi kunda mamlakatimizda, umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 9-
sinflarida o‗qitiladigan ―Jahon iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi‖ fanini zamonaviy 
pedagogik ta‘lim texnologiyalari asosida o‗qitish uchun katta imkoniyat bor, lekin bu 
texnologiyalarni qo‗llash bo‗yicha ilmiy-uslubiy ishlar boshqa fanlarga qaraganda 
kamroq e‘tibor berilmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun o‗qitish 
metodikasida, o‗quv jarayonini tashkil etish shakllarida sezilarli o‗zgarishlar kiritish 
zarur, bu esa faqat zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan foydalangan holda amalga 
oshiriladi. 
1. Muammoli o„rganish.
Muammoli o‗rganish usulining mohiyati shundan 
iboratki, biz tuzgan yoki boshqalar tomonidan tuzilgan tadqiqot muammosini olamiz 
va o‗quvchi uni yechish yo‗lini izlaydi. Muammoli ta‘lim elementlaridan foydalanish 
sinfda o‗quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyati uchun sharoit yaratishga imkon beradi 
[5]. Mazkur texnologiyadan Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi darslarida 
foydalanish imkoniyati katta. Chunki geografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy 
qismlardan iborat bo‗lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha muammolar 
mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiy geografik muammolar ham insonlarni asosiy 
muammolari qatoriga kiradi. Masalan, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish; 
aholishunoslik va demografik muammolar; ishlab chiqarishni joylashtirish va 
rivojlantirish muammolari; transport va xalqaro iqtisodiy munosabatlar muammolari 
va h.k. Mazkur muammolar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar hamda ularni 
o‗zaro ta‘siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi.
Ushbu muammolarni hal qilish yo‗llarini geografiya darslarida o‗quvchilarga 
o‗rgatib borish orqali ularni kelgusi hayotga ham tayyorlab boriladi. Natijada katta 
hajmdagi o‗quv materialini ma‘nosiz yodlashga hojat qolmaydi. 
Bu texnologiya bizni nostandartligi bilan o‗ziga jalb qiladi, shu bilan birga 
bizga katta amaliy imkoniyatlar ochadi, ijodkorlikni rivojlantirishga, o‗quvchilarning 
sinfdagi passivligini yengishga va mavzu bo‗yicha bilim sifatini oshirishga yordam 
beradi. Ushbu texnologiyadan foydalanganda biz o‗quvchilarni nafaqat ta‘lim 
standartlarini o‗zlashtirishga, balki ularni yanada yuqori darajaga ko‗tarilishga imkon 
beradigan bilimlarga ega bo‗lishiga erisha olamiz.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə