Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Artikova G.E. - basic doctoral student of the geographical department of



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

 
Artikova G.E. - basic doctoral student of the geographical department of 
the Tashkent State Pedagogical University
 
Annotation
. This article discusses methodological issues, current problems 
and solutions for teaching geography in the 9th grade of a secondary school. Ways to 
increase students' interest in geography and the quality of lessons are analyzed. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
34 
Key words:
general education schools, world economic and social 
geography, new approach, information technologies, innovative pedagogical 
technologies. 
Respublikamizda ta‘lim-tarbiya tizimini takomillashtirish va barkamol 
avlodni tarbiyalash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi darajasiga 
ko‗tarildi. Mamlakatimiz ta‘lim tizimida o‗quv jarayoniga innovatsion texnologiyalar 
va axborot-kommunikatsiya vositalarini joriy etish, o‗qitish intensivligi va 
samaradorligini oshirish, ularni jahon andozalariga moslashtirish bo‗yicha keng 
ko‗lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-
1712-sonli farmoni bilan tasdiqlangan O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ―Xalq ta‘limi sohasiga zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish; 
o‗qitish usullarini takomillashtirish, o‗qituvchilar hamda maktab ma‘muriyatini 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalari bilan ta‘minlash; 
ta‘lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq 
etish, uzluksiz ta‘lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash‖ kabi ustuvor 
vazifalari [1] hamda O‗zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi O‗RQ 
637-sonli ―Ta‘lim to‗g‗risidagi‖ qonunning 5-bob 46-moddasida belgilab qo‗yilgan 
vazifalari [2] va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 28-dekabr 
kuni maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida 
ko‗plab vazifalar belgilangan [3]. Mazkur vazifalarni bajarishda ta‘lim tizmiga 
innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish noan‘anaviy va yangicha 
usuldagi zamonaviy darslarni tashkil etish, o‗qituvchidan yuksak pedagogik mahorat 
hamda dars jarayonlariga zamonaviy, yangicha yondoshuv talab etiladi. Bugungi 
kunda har bir fan o‗qituvchisi o‗z fani bo‗yicha dars samaradorligiga ta‘sir etuvchi 
omillarni chuqur bilishi va ulardan dars jarayonida foydalana olishi zarur bo‗ladi. 
Hozirgi kunda umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida barcha fanlar kabi 
―Geografiya‖ kursi fanlarini samarali tashkil etish muhim o‗rin tutadi. Chunki tabiat 
va unda yuz berayotgan voqea, hodisa va tabiiy-geografik jarayonlardan xabardor 
bo‗lish hamda jahon mamlakatlarining dunyo siyosiy xaritasida tutgan siyosiy va 
tabiiy geografik o‗rni, tabiiy resurslari, aholisi va mehnat resurslari, iqtisodiyot 
ko‗rsatkichlari, tashqi iqtisodiy aloqalari kabi ma‘lumotlardan xabardor bo‗lib borish, 
o‗quvchilarning tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishga 
yordam beradi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 9-sinfida o‗qitiladigan ―Jahon 
iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi‖ fani dunyoning tabiiy resurslari, aholisi va xo‗jalik 
faoliyatini o‗rganishi hamda iqtisodiy-ijtimoiy hayotning hududiy tashkil etish 
qonunyatlarinini tavsiflaganligi uchun bu fan mamlakatimizning jahon hamjamiyati 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə