Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

in Tashkent 
 
Annotation.
The article suggests the most necessary methods for language 
teaching, explains them step by step, and describes the expected results. Methods and 
techniques and their role are discussed. The article also describes the methods and 
techniques used. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
41 
Key words:
Method, methodology, teaching method, pedagogical 
technology, SMART method, Pareto principle, thinkwane, learning to think in a 
foreign language, natural and systematic language approaches, language repetition, 
working with a dictionary, pedagogue, method. 
 
XXI asr har tomonlama jadal rivojlanish davri deb atasak mubolag‗a 
bo‗lmaydi. Ta‘limda innovatsion sohalar, tehnologiyalar, turli xil metodlar, usullar 
rivojlanib bormoqda. Metod, usul va texnologiya tushunchalari anchagina 
murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara 
haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli 
ta‘riflariga qaramay, ularning nuqtayi nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir 
umumiylikni ham ta‘kidlash mumkin. Ko‗pchilik mualliflar ta‘lim metodini 
talabalarning o‗quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
Shu qoidani boshlang‗ich nuqta deb bilib, mazkur tushunchani yanada 
batafsil ko‗rib chiqish va uning ilmiy ta‘rifini berishga harakat qilamiz.
Metod
so‗zi yunoncha ―tadqiqot‖, ―maqsadga erishish yo‗li‖ deganidir. 
Metod - keng ma‘noda maqsadga erishish usuli, ma‘lum tarzda tartibga solingan 
faoliyat. Ko‗rinadiki, bu o‗rinda ham o‗qituvchining o‗rgatuvchi ishi va u tashkil 
etgan ilm o‗rganuvchilarning faol o‗quv-bilish faoliyati uyg‗unlashadi. Ta‘lim 
metodlari deyilganda, o‗rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli 
didaktik vazifalarni hal etish bo‗yicha o‗qituvchining o‗rgatuvchi ishi va 
o‗quvchilarning o‗quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‗indisi tushuniladi 
[3],[4]. Didaktikada, shuningdek, ―ta‘lim usullari‖ atamasi ham keng qo‗llanadi.
Ta‟lim usuli
- ta‘lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. 
Metodlar bilan usullar munosabati o‗zaro bir-biriga bog‗langan. Usul va metod 
butun va qism sifatida bir-biriga bog‗lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik 
yoki o‗quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli 
metodlarda foydalanilgan bo‗lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli 
o‗qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. [4] 
O‗qituvchilarning ayrimlari esa, ―metod‖ tushunchasining o‗rniga ―uslub‖ 
tushunchasini ham qo‗llaydilar. Ammo ―uslub‖ tushunchasi ―metod‖ atamasining 
mohiyatini o‗zida to‗liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‗proq xususiy (so‗z 
borayotgan holatda aynan o‗qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‗lib, 
aniq maqsadga erishish yo‗li sifatida xizmat qila olmaydi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə