Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

Lokal daraja (mikro).
Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‗quv-
tarbiya jarayonining ma‘lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, 
maxsus o‗quv ko‗nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, 
o‗quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‗quvchilarning 
aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar [3]. 
Metodika
- qat‘iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‗rnatilgan 
reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‗lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq 
o‗tkazish metodlari, yo‗llari majmuasi. ―Metodika‖ tushunchasi turli fanlarni 
o‗qitish bilan ham bog‗liqlikda qo‗llanilib, ma‘lum sohani o‗qitish jarayoni, 
mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‗indisini o‗zida 
ifoda etadi.
―Metodika‖ va ―texnologiya‖ tushunchalarining bahs doirasi bilan ham 
bog‗liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‗rsatish mumkin. Jumladan, metodik 
tizim ―Qanday o‗qitish?‖, ―Nima uchun o‗qitish?‖, ―Nimaga o‗rgatish?‖ kabi 
savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, ―Qanday tarzda samarali o‗qitishga 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
43 
erishish mumkin?‖ degan savolni oldinga qo‗yadi. Metodika o‗quv jarayonini 
qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‗sinda 
o‗quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e‘tiborni 
qaratadi.
Aslida har bir o‗qituvchi, ya‘ni pedagog o‗zi uchun qulay va takrorlanmas 
dars usullarini, metod va texnikalarni o‗ylab topadi yoki mavjud metodlardan 
yoxud usullardan yangiliklar qilishadi, ya‘ni o‗qituvchi darslarga kreativ 
yondashadi.
Usul va metodlar haqida birma-bir to‗xtalsak: 
SMART metodi
. Ushbu metod o‗zbek tiliga so‗zma-so‗z tarjima 
qilinganida ―aqqli, dono‖ kabi ma‘nolarini beradi. Lekin bu yerda SMART bosh 
harflarning yig‗indisidan tashkil qilingan bo‗lib, o‗zgacha ma‘noni beradi.
S-specific
(maxsus, o‗ziga xos degan ma‘nolarni anglatadi). Maqsadlaringiz 
iloji boricha aniq bo‗lishi kerak. Ya‘ni berilgan mashg‗ulot oson yoki qiyin 
bo‗lishiga qaramay talaba jiddiylik bilan unga kirishishi va natijaga erishishi kerak. 
Masalan, talaba ingliz tiliga oid n Business English yoki General English 
o‗rganishi va puxta bilimga ega bo‗lishi uchun o‗ziga hos rejalar tuzib olish 
muhimdir (Masalan, kuniga 6 marta maxsus podcast tinglash, o‗ziga xos adabiyotni 
o‗qish va so‗zlash) 
M-Measureble
(o‗lchovli, o‗lchov degan mano‗larni anglatadi). Har 
qanday maqsadimiz o‗lchovli bo‗lish maqullanadi. Ya‘ni sohaga nisbatan ingliz 
tilini o‗rgatishda, talabaga haftasiga 30 ta so‗z yodlashi uchun berishi, ularni 
takrorlab, o‗zining o‗lchamida gaplar tuzishni o‗rganish va so‗zlashishdir. Agarda 
o‗lcham ya‘ni meyordan chiqib ketsa masalan haftasiga 50-70 ta so‗z ko‗plik qiladi. 
Talaba na maqsadga na meyorga erishadi. Shu sababli ham ta‘limda barcha 
obyektlar maqsad va meyordan tashkil topgan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə