Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
32 
texnologiya va ishlab chiqarish ta‘limi bo‗yicha o‗quv reja va dasturlarni butunlay 
qaytadan tuzib chiqish lozim. Ana shundagina bo‗lg‗usi muhandislar kasbiy 
tayyorgarligini integratsiyalashga yordam beradigan majmuaviy o‗quv fanlari va 
o‗quv dasturlari, o‗quv rejalari ishlab chiqiladi. Bilim va ko‗nikmalarni shakllantirish 
bilan bog‗liq aralash darslar uslubiy jihatdan muntazam, bosqichma-bosqich tashkil 
qilinadi, bo‗lajak muhandislarga berilayotgan ma‘lum miqdordagi nazariy bilimdan 
keyingina amaliy bilim berilsa, talabalarda bilim, ko‗nikma va malakalar oson 
shakllanadi. 
Ko‗pchilik ta‘lim oluvchilar o‗qitishning elektron vositalaridan foydalanish 
jarayonida ma‘lum qiyinchilikka duch keladilar. Shuning uchun ham, ta‘lim 
oluvchilar axborot texnologiyalaridan qaysi sohalarda ko‗proq foydalanish, ularni 
qo‗llash natijalari haqida aniq tasavvurga ega bo‗lishlari lozim. Bundan tashqari, 
axborot texnologiyalaridan foydalanish va tegishli vazifalarni bajarish bo‗yicha 
barqaror amaliy malakaga ega bo‗lish muhimdir. Ta‘lim muassasalarida aniq texnik 
mutaxassislik bo‗yicha muhandislik va maxsus fanlar o‗rganiladi. Muhandislik 
fanlarini o‗rganishda o‗quv jarayoniga ta‘lim berishning elektron vositalarini tatbiq 
etish, mashg‗ulotlarni tashkil etish tartibini ancha o‗zgartirishni taqozo etadi.
Xulosa qilib aytganda, ta‘lim oluvchilarning diqqat-e‘tibori bevosita muammo 
yoki muammolar paydo bo‗lish ketma-ketligiga jalb etilib, motivatsiya osha boradi, 
o‗zaro fikr almashish doirasida muloqotlari kuchayadi.
1. Fanlararo integratsiyaning kuchayishi pedagogning faoliyatiga ham ijobiy 
ta‘sir ko‗rsatadi, xususan, o‗zi ham ta‘limda innovatsion yechimning afzallik 
tomonlarini chuqur his etadi.
2. Mathcad dasturini qo‗llash barobarida o‗quvchilar kam vaqt sarflab, 
masalalarni turli variantlarda juda tez yecha olish, behuda arifmetik hisoblashlar yoki 
grafik qurish ishlariga ovora bo‗lmasdan, o‗zlarining vaqtlari va imkoniyatlari 
bevosita ijodiy, tahliliy-tanqidiy va izchil yondoshuvlarga yo‗naltirish mumkinligiga 
to‗laqonli ishonch hosil qiladi. 
3. Masofali ta‘lim jarayonlarida ham ― Muammoli vaziyatlar ta‘lim 
texnologiyasi yuqori sifat va samaradorlikni ta‘minlaydi 
Adabiyotlar 
1. Мирзиѐев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз 
билан бирга қўрамиз. – Т.: Ўзбекистон НМИУ, 2017. – 488 б. 
2. Роберт И. В. Современные информационные технологии в 
образовании: дидактические проблемы; перспективы использования. – М.: 
ИИО РАО, 2010. – 140 с

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə