Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

3. Ilmiy-tadqiqot usuli.
―Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi‖ fanini 
o‗qitishda tadqiqot usulidan foydalanish o‗quvchilarni maksimal darajada mustaqil, 
ijodiy faol bo‗lishga imkon yaratadi. Tadqiqot ko‗nikmalarini rivojlantirish uchun 
mavzu mazmuniga oid krossvordlar, chaynvordlar, Venn diagrammalar va turli xil 
topshiriqlar tuzish, turli xil diagramma va grafiklar chizish, ma‘ruzalar, tezislar 
yozish kabi ijodiy ishlar muhim ahamiyatga ega.
4. Shaxsga yo„naltirilgan texnologiyalar.
Zamonaviy darsda tanqidiy 
fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‗qish va yozish 
orqali tanqidiy fikrlash texnologiyasi yordamga keladi. Ushbu texnologiya matn bilan 
ishlashda, dizayn va tadqiqot ishlarida yuqori samara beradi. Bu o‗quvchilarga talqin 
qilish, tahlil qilish, baholash, xulosa qilish, tushuntirish qobiliyatlarini o‗zlashtirishga 
imkon beradi.


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
37 
Texnologiya shaxsga yo‗naltirilgan bo‗lib, faoliyatga asoslangan yondashuv 
asosida, aloqa prinsipi asosida, ta‘lim holatidagi faoliyatdan hayotiy vaziyatga 
o‗tishning komplementarligi tamoyiliga asoslanadi. O‗z vaqtida E.Glaser ismli 
pedagog tanqidiy fikrlash texnologiyasi bilan shug‗ullangan va tanqidiy fikrlash 
dasturini ishlab chiqqan bo‗lib, bu dastur fikr yuritish, xulosa chiqarish, taxminlarni 
tan olish, xulosalarni baholash qobiliyatini sinash uchun testlarni o‗z ichiga oladi.
Shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonining tarkibiy qismlaridan biri bu o‗quv 
predmetlari va ta‘lim mavzularining bir-biri bilan birlashishi bo‗lib, bu bilimlarning 
izchilligiga, dunyoning yaxlit rasmini idrok etishga yordam beradi va mavzularni 
o‗rganish uchun motivatsiyani oshiradi [7]. Mavzu doirasidagi integratsiya mavzular 
va bo‗limlar o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rnatadi. Buni anglagan holda o‗quvchilar 
ushbu mavzu bo‗yicha bilimlar tizimini o‗zlashtirishga intilishadi. Har qanday 
o‗rganilmagan mavzu unda bo‗shliq hosil qiladi va keyingi tushunishni 
murakkablashtirishi mumkin. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə