Toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurs ishining tuzilishi va hajmi



Yüklə 143,83 Kb.
səhifə3/8
tarix10.05.2023
ölçüsü143,83 Kb.
#109494
1   2   3   4   5   6   7   8
Hamroyeva Sevara kurs ishi

Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishiga kirish, kirish, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.



I BOB YOSHLAR JAMOAT TASHKILOTLARI FAOLIYATIDAGI IJTIMOIY PEDAGOGIK JIHATLARNING NAZARIY ASOSLARI


1.1 Ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmuni
Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari. Ismailov Berdiyor Rashidovich O'ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Ilmiy rahbar: Latipova Nodira Muxtarjonovna Sotsiologiya fanlari Nomzodi, professor Annotatsiya: Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning boshqa qatlamlari ijtimoiy faolligiday xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu eng avvalo yoshlarning jamiyatda tutgan mavqeining tuliq shakllanmaganligi bilan bogliq. Yoshlar ijtimoiy tuzilmalarga kirish, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechiradilar. Ijtimoiy faoliyatning har bir soxasida yoshlarning ijtimoiy faolligi o'ziga xos xususiyatga ega. Shundan kelib chiqib, uni bir necha yo'nalishlarda: iqtisodiy ta'lim, ijtimoiy himoya ma'naviy-axloqiy xayot soxalarida o'rganish lozim..Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi bo'lishidan, qanday lavozimda ishlashidan qat 'iy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qo 'shishga, zamondan ortda qolmaslikka bo 'lgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u o 'zini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday bo 'lsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat bo'la turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi. Ijtimoiy faollik murakkab jarayon bo'lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga to 'g'ri kelishini ko 'rsatdi.
Yoshlar faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo'lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo'lib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko'rsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir. Yoshlar faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan, bog'liq bo'lgan va qadriyatlarining nomoyon bo'lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo'lib, uning yuksak qadriyadagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko'rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o'rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o'rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.1
Bugun jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar va tub islohotlar jarayoni fuqarolik jamiyati institutlari deya ta'riflanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalaridan ham ijtimoiy faollikni talab etmoqda. Xo'sh, ijtimoiy faollik o'zi nima?
Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi bo'lishidan, qanday lavozimda ishlashidan qat'iy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qo'shishga, zamondan ortda qolmaslikka bo'lgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u o'zini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini ko'rib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, o'zgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri o'tdi, yurtdoshlarimizda tashabbusni, yangilikka bo'lgan intilishlarni guvohimiz. "Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy faollikni kuchaytirib yubordi", degan mazmundagi fikrlarni ham mavjud. Lekin ijtimoiy faollik bilan ijtimoiy tarmoqlardagi faollik o'rtasida katta farq bor.
Har qanday ijtimoiy hodisaga nimadir sabab bo'ladi, nimadir turtki beradi. Ijtimoiy faollik ham o'z-o'zidan sodir bo'ladigan jarayon emas.2
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari haqida tahlil olib borildi. Tursunova N.ning "Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilandi.
Mustaqil mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatorida ko'rish har bir o'zbekistonlikning orzusi. Lekin bu orzu kecha yoki bugun paydo bo'lgani yo'q. Yurtdoshlarimiz qalbidagi ana shu istakning yanada ortib, yangi O'zbekistonni barpo etishga bo'lgan ishtiyoqning kuchayishiga, aytib o'tganimiz - ijtimoiy faollikning ortishiga, shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan shiddatli demokratik islohotlar turtki berdi.
Bugun O'zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon qadam tashladi. Taraqqiyot va farovonlikka qaratilgan islohotlarning samarali amalga oshishini hamma istaydi. Sababi, bu kabi islohotlar natijasida halq farovon yashaydi. Islohotlarga, o'zgarishlarga daxldorlik hissi shaxsni ijtimoiy faol bo'lishga undaydi.
Kelajak bugundan boshlanadi.Yurtimizda yoshlarning bilim olishi, hartomonlama yetuk shaxslar bo'lib yetishishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Ushbu maqolada nazariy jihatdan egallangan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish natijasida shakllanadigan faollik borasida fikr-mulohaza yuritishni oldimizga maqsad qilib qo'ydik.Ijtimoiy faollik shaxs faoliyatining muhim tomonlaridan biridir. U shaxsning jamiyat va jamoa ishlaridagi ishtirokida namoyon bo'ladi; ma'lum darajada siyosiy va axloqiy o'zlikni anglashga asoslanadi. Ijtimoiy faollikni tarbiyalash - bu nafaqat jamoat ishlarida ishtirok etish darajasining oshishi, balki yoshlarning axloqiy yo'nalganligini aniqlovchi motivlarning shakllanishi hamdir.
Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog'liqdir. Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni o'rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni o'rganishdan iborat.
Zero fuqarolik jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo'lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to'laqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning to'liq namoyon bo'lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo'lish jamiyatda ro'y berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning yechimini chuqur anglashni taqozo etadi. Demak, biz yoshlarimizda fuqaroviy ongni shakllantirishimiz kerak. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo'lida fuqarolar o'rtasida kelishuv bo'lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro'y beradigan turli ijtimoiymadaniy omillar ta'sirida fuqaroviy ong o'zgarib boradi va fuqaroviylik to'g'risidagi g'oyalar taraqqiyotida o'z aksini topadi.Yoshlarni fuqaroviy ongi qanchalik rivojlangan bo'lsa ular jamiyatdagi ijtimoiy faolligi shunchalik faollashadi.
Aynan fuqaroviy faollikning o'zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;
• faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim to'g'risida bilim olishga tayyor bo'lgan kishilardan iborat;
• faol fuqarolarda o'z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud;
• faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko'nikmalar mavjud bo'ladi.


Yüklə 143,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə