Toshkent davlat pedagogika universiteti


II BOB. YOSHLAR JAMOAT TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATINING AMALIY ASOSLARI



Yüklə 143,83 Kb.
səhifə5/8
tarix10.05.2023
ölçüsü143,83 Kb.
#109494
1   2   3   4   5   6   7   8
Hamroyeva Sevara kurs ishi

II BOB. YOSHLAR JAMOAT TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATINING AMALIY ASOSLARI
2.1 Ijtimoiy-pedagogik faoliyat turlari
Pedagogik jarayonda pedagogik faoliyat turlari o'quv va tarbiyaviy ishlardir. Tarbiyaviy ish - bu insonlarning komil inson bo'lib yetishishi, har xil muammolarni hal etish uchun o'quv muhitini tashkil etish uchun, shaxslarni turli xil faoliyat turlarini boshqarishga qaratilgan pedagogik faoliyat. Bola tarbiyasida pedagogikaning o'rni beqiyos .Tarbiyaviy ishda bolaning ruhiyatidan kelib chiqib ish ko'rish zarur. Bunda bizga psixologiya fani juda katta yordam beradi. Kattalarga bo'lgan hurmat, insoniy fazilatlarni, har xil tarbiyaviy jarayonlarni o'z ichiga oladi . Hozirgi kunda katta yoshli odamlar ham pedagogika fanini qiziqib o'rganishmoqda . Nega deganda ular o'zlarini xato kamchiliklarini ko'rgan holda ya'ni : xudbin insonga aylanishi , tarbiyani buzuqligi , qo'pol so'zlar harakatlar tufayli lekin ular bir vaqtning o'zida ham psixologiya fani bilan ham shug'ullansalar shunda ta'siri sezilarli bo'lar edi. Pedagogika sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarimiz albatta o'zlarining ta'lim tarbiyasi , fe'l atvori yaxshi bo'lishi va oliy ma'lumotli pedagog bo'lishi kerak. Pedagogik faoliyat faqat "ta'lim doirasi"da olib borilmaydi. Demoqchimanki, faqat maktab , kollej, universitet emas . Masalan hunar o'rganadigan odamlar qanchadan qancha . O'rganilayotgan faoliyatni chuqur o'rganish uchun o'sha sohani yaxshi biladigan o'rgata olish qobilyati, yetqizib berish kabi salohiyatlarga ega bo'lishlari zarur. Bu ham pedagogik jihatlarga borib taqaladi. Ta'lim sohasini asosiy maqsadi - ta'lim samaradorligiga erishish, qo'yilgan maqsadga erishish . Tarbiyaviy jarayonda maqsadga erishishga intilinmaydi , chunki tarbiyaviy jarayonda tashkiliy ishlar ma'lum bir vaqt ichida bola psixikasida, tarbiyasida shakllanadigan jarayondir. Bunda faqat aniq maqsadga yo'naltirilgan vazifalarni izchil olib boriladi.
O'quv jarayoni bu ikkinchi etap hisoblanadi:
Bolani bilish qobilyati o'tilyotgan darsdan boshlab shakllanadi unda nazariy idrok etish, tafakkur qilish qobilyatlari rivojlanadi. Shu bilan birga o'quvchilarga vazifalar berib borish uni tekshirish ularda bo'lgan mas'uliyat hisini uyg'otadi va olgan bilimlarini mustahkamlaydi.
O'quv ishida o'qitish tizimi,o'qitish metodlari kiradi. O'quv jaroyoni bu o'qituvchilar bilan izchil ravishta bog'liq . Matematika fanidagi to'plam tushunchasini quyudagicha qo'llashimiz mumkin : o'quv jarayonini bir to'plam deb qaraydigan bo'lsak . Unda o'qituvchi , o'quvchi, kitob, daftar, kerakli jihozlar, dosaka va hokozolar to'plamning elementi deyishimiz mumkin . Pedagogik faoliyatning eng muhim xususiyatlaridan biri uning birgalikdagi xususiyatidir. Bu, albatta, o'qituvchini va u o'rgatgan, tarbiyalaydigan, rivojlantiradigan kishini o'z ichiga oladi.
Pedagogik faoliyatni mustaqil ijtimoiy hodisa sifatida tavsiflab, uning quyidagi xususiyatlarini ko'rsatishimiz mumkin.
Birinchidan, u o'ziga xos tarixiy xususiyatga ega. Demak, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni va xarakteri tarixiy voqelikning o'zgarishiga mos ravishda o'zgaradi. Masalan, L.N. Tolstoy o'z davri maktabini ta'limning dogmatik tabiati, byurokratizm, o'quvchi shaxsiga e'tibor va qiziqishning kamligi bilan tanqid qilib, maktabda insonparvarlik munosabatlariga, o'quvchining talab va manfaatlarini hisobga olishga chaqirdi. uning shaxsiyatining shunday rivojlanishi uchun o'sib borayotgan insonni barkamol, yuksak axloqiy, ijodkor qiladi.
Pedagogik faoliyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilamiz:
1. Pedagogika va ilmiy tadqiqot ishlarini o'zaro uzviylikda
birlashtirib olib borish
2. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
3. Oliy malakali pedagoglarning yetishmasligi
4. Pedagogik faoliyat jarayonida innovatsion muhitni yaratish
5. Pedagogik metodlardan foydalanish
6. Pedagoglarni tahlil qilish qobilyatini shakllantirish
Kadrlarni qayta tayyorlash malakasini oshirish borasida qator chora tadbirlar amalga oshirildi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini qarori 16.02.2006 yildagi 5-son : pedgoglarni malakasini oshirish o'quv-metodikalardan , zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi ta'lim jarayonida oliy malakali kadrlarni ko'paytirish bo'yicha so'z boradi. Bunda davlat qo'ygan talablarga ham rioya qilgan holda dars jarayonlarini olib borishadi. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo'yiladigan davlat talablari o'quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'lim muassasalarining o'quv jarayonini, ta'lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular faoliyatini attestatsiyadan o'tkazish tartib-qoidalarini tartibga soladigan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo'yiladigan davlat talablarining bajarilishi idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha turdagi ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo'yiladigan davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, ta'lim muassasalarining ehtiyojlaridan, yangi pedagogik texnologiyalarni va o'qitishning noan'anaviy shakllarini rivojlantirishdan, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi jahon yutuqlari va an'analaridan kelib chiqib Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish davomida tuzatishlar kiritilishi va to'ldirilishi mumkin1. O'zini sohalaridan kelib chiqib bilimlarini mustahkamlash yanada chuqurlashtirish maqsadida qilinadigan jaroyondir. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalaridagi o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
Hozirda ta'lim tizimida ( oliy ta'limda ) ilm-fanni rivojlantirish , oliy pedagoglarni tayyorlash borasida ishlar olib borilmoqda shu bilan birga ilmiy ishlar qilgan pedagoglarimiz oladigan darajalari PhD ,DsC dan kelib chiqib ular o'zlarini qilgan va qilayotgan ilmiy ishlari bilan birga o'zlarining dars faoliyatini ya'ni talabalarga dars o'tish jarayonini qilayotgan ilmiy ishlariga ta'sir qilmagan holda o'tishlari talab qilinib qolinadi. Chunki dars jarayonlarida talabarga bilim berish bilan birga dars jaroyoniga tayyorgarlik ko'rishlari ilmiy ishlariga ajratgan vaqtlarini kamayishiga olib keladi.
O'zbekistonimizda bugungi zamonaviy muhitda faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglarni axborot texnologiyalari sohasida bilimlarini yetishmasligi, zamonaviy texnologiyalardan dars jaroyonida ko'proq qo'llamasligi ta'limning sifat darajasini tushushiga olib kelmoqda.Hozirda oliy ilmiy pedagoglarimizni qanchalar tajribalari dars o'tish qobilyatlari zo'r bo'lishidan tashqari ular dars jarayonlarini qiziqarli innovatsion texnologiyalardan foydalanib innovatsion ko'rgazmlai qurollardan foydanmasalar darsning sifat darajasi pasayishi mumkin deb o'yliman . Chunki XXI asr bolalariga eski dars usulida dars o'tib ularni qiziqtirish qiyin. Keyin har bir pedagog o'z ustida ko'p ishlashi dars jarayonlariga chuqur tayyorgarlik ko'rishi . Bilmagan bilimlarini o'rganib fanga taqbiq qila olishlari kerak. Shundagina davlatimizda ta'lim sifati yaxshilanib yaxshi pedagoglar yetishib chiqadi.
An'anaga ko'ra, yaxlit pedagogik jarayonda amalga oshiriladigan pedagogik faoliyatning asosiy turlari o'quv va tarbiyaviy ishlardir.

Yüklə 143,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə