Mavzu: hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish imkoniyatlari reja I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 108 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108 Kb.
#161221
  1   2   3   4   5   6   7
14 Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish


MAVZU: HOZIRGI KUNDA O’QITUVCHILAR PEDAGOGIK QOBILYATINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI


Reja
I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. Pedagogik qobiliyot haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari.

  2. O‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi.

  3. O’qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o’z-o’zini iroda qilishi hamda boshqalarga ta‘sir o’tqaza olish qobiliyati.

  4. Qobiliyat va zexn. O’qituvchi o’z qobiliyatini rivojlantirib borishi.

  5. Kommunikativ qobiliiyatlarni rivojlantirish.

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiotlar


Kirish
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotiga yangicha qaraydigan mustaqil fikrlovchi, ishbilarmon, buyuk kelajak
poydevorini quruvchi yoshlarni tarbiyalash respublikamiz pedagoglari oldida
turgan muhim vazifalardan biridir. Ta’lim islohoti jarayonida bu ulkan vazifani
to’la amalga oshiradigan, zamonaviy va jahonning eng ilg’or ta’lim
texnologiyalardan mohirona foydalana oladigan pedagog kadrlarga ehtiyoj har
qachongidan ortdi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimining jamiyatimizdagi vazifasi – barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir. Uzluksiz ta’lim tizimida umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining salmog’ihamda boshlang’ich asos ekanligi bilan alohida o’rin egallaydi. Bu esa, o’z navbatida, o’qituvchining kasbiy mahorati, umumiy saviyasini mutassil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab etadi.
O’quv muassasasidagi ta’lim-tarbiya sifati o’qituvchining bilimi, kasbiy
mahorati, mehnatining rag’batlantirilishi, unga moddiy hamda ilmiy-metodik
yordam ko’rsatilishiga ham bog’liqdir.
Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borildi.
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon o‘qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog‘liq. Bola shaxsining rivojlanishida o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, Shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko‘lamini ortishiga bevosita bog‘liq.
70-80 yillarda o‘qituvchining xarakter xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur o‘rganildi.
1. Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari.
Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bo’lgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.
Masalan, qobiliyatli o’qituvchi bir xil ish sharoitlarida o’z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko’pincha, falon o’qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o’qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o’qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o’qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.
O’qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi - pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyik bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk va ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat tarakkiy etadi.
Kishi qobiliyati ikkita asosiy to’rga bulinadi:

  1. Maxsus qobiliyatlar;

  2. Umumiy qobiliyatlar.

Pedagogik qobiliyatlar - deb ataladigan qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emotsional-irodaviy tomonini ham xarakterlab beradi. Bu sifatlarning hammasi biri-biri bilan o‘zaro bog‘langa bo‘lib, bir-biriga ta’sir etadi va bir butunlikni hosil qiladi.

хусусиятдир.
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‘ra, pedagogik faoliyat-bu o‘qituvchi oldiga jiddiy talablar qo‘yadigan murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat o‘qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga, mustahkam xarakterga, Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishimni taqazo qiladi. A.I. Shcherbakov o‘qituvchi shaxsi 6 ta kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta’kidlaydi:

  1. Yuksak saviyadagi bilim va madaniyat.

  2. Yo‘nalishning aniq ifolanganligi.

  3. Yuksak axloqiy hislarning mavjudligi.

  4. Yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror mustaqillik.

  5. Qat’iy va silliq xarakter.

  6. Pedagogik qobiliyatlar.

Yirik olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi:

  1. Didaktik qobiliyatlar.

  2. Akademik qobiliyatlar.

  3. Perseptiv qobiliyatlar.

  4. Nutq qobiliyatlari.

  5. Tashkimlotchilik qobiliyati.

  6. Avtoritar qobiliyatlar.

  7. Kommunikativ qobiliyatlar.

  8. Pedagogik xayolot.

  9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati.

F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni tarkib toptirish bosqichlari, xususiyatlari va xossalari to‘g‘risida mukamml ma’lumotlar beradi. Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda pedagogik qobiliyatlarning roli tajriba materiallariga asoslanib sharhlab beriladi.
Yirik o‘zbek olimi S.R.Rajabov va uning yuzlab shogirdlarining ishlari ham o‘qituvchining pedagogik va psixologik xususiyatiga qaratilgandir.
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.


  1. Yüklə 108 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə