Mavzu: hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish imkoniyatlari reja I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 108 Kb.
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108 Kb.
#161221
1   2   3   4   5   6   7
14 Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish

Didaktik qobiliyat- bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni o‘quvchilarga tuShuntira olishdir. Bunda o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tuShunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tuShunarli qilib aytib berishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘ota olishi ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi zarurat tug‘ilgan hollarda o‘quv materialini o‘zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tuShunarsiz, noaniq narsani tuShunarli qila oladi.

  • Akademik qobiliyat-barcha fanlar Yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik. Bunday qobiliyalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z fanini o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosat hayotga doir qiziqishlari bilan ko‘p narsalarni o‘rganib boradi.

  • Perseptiv qobiliyat- qisqa daqiqalarda o‘quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tuShuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida o‘quvchi ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi.

  • Nutqiy qobiliyat- ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo‘lgan nutq; Shuningdek, o‘qituvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiiqiy urg‘uga rioya qilishi, qobiliyatli o‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tuShuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o‘quvchi uchun aniq, soda, tuShunarli bo‘ladi.

  • Tashkilotchilik qobiliyati-sinf-guruhi yoki jamoani uYushtirish va uni boshqarish iste’dodi. Tashkilotchilik o‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o‘quvchilar jamoasini uYushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z shaxsiy ishini to‘g‘ri uYushtirish qobiliyatidir.

  • Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati- o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi-avtoritar qobiliyat, deb ham Yuritiladi. Obro‘ga ega bo‘lish o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazo) Shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o‘quvchilarga ham etkaza olishiga bog‘liq bo‘ladi.

    7.Kommunikativ qobiliyatlar-muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga aralashish qobiliyati, o‘quvchilarga to‘g‘ri yondoshish yo‘lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi.
    8. Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati-insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab etishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarining taraqqiyot etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog‘liq bo‘ladi.
    9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati-bir necha ob’ektlarga bir davrning o‘zida o‘z munosabatini bildirish. O‘quvchi, o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari-hajmi, uning kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishining taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
    Rus olimasi N.V.Kuzmina o‘qituvchilik faoliya-tida pedagogik qobiliyatlarning o‘rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. U o‘z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlarni turlarga ajratib, ularning har biriga chuqur psixologik tasnif bildiradi.
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə