Mavzu: hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish imkoniyatlari reja I. Kirish II. Asosiy qism


O‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi



Yüklə 108 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108 Kb.
#161221
1   2   3   4   5   6   7
14 Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish

2. O‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi.
Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlaiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:
obektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;
kommunikativlik — insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, xushmuomalalik;
perseptiv qobiliyatlar — kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;
shaxs dinamikasi — irodaga ta ‘sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish;
kreativlik — ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.
O‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi:
talabani tushunishini ko‘rish va sezish hamda bunday tushunishning darajasini va xarakterini o‘rnatish qobiliyati;
o‘quv materialini mustaqil tanlab olish hamda o‘qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati;
materialni yetarli bayon qilish hamda uning barcha talabalarga tushunarliligini ta’minlash qobiliyati;
talabalarning individualligini hisobga olgan holda o‘qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati;
o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati;
o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
o‘zining tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rish qobiliyati;
mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati.
Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:
boshqa insonning ichki holatini to‘gri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘la olish qobiliyati (empatiya qobiliyati);
taqlid qilish uchun namuna bo‘lish qobiliyati;
tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;
muloqotning lozim topilgan uslubini hamda o‘z o‘rnini topish, kelisha olish qobiliyati;
hurmat qozonish, ya’ni talabalar o‘rtasida obro‘ga ega bo‘lish qobiliyati.

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə