Mavzu: hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish imkoniyatlari reja I. Kirish II. Asosiy qism


Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo‘lgan qobiliyat alohida ajralib turadi



Yüklə 108 Kb.
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108 Kb.
#161221
1   2   3   4   5   6   7
14 Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish

Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo‘lgan qobiliyat alohida ajralib turadi.
O‘qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar.
Kommunikativ qobiliyat — bu pedagogik o‘zaro aloqalar doirasidagi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir.
Konstruktiv qobiliyat-o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o‘quvchi shaxsining rivojini loyihalashga, o‘quv-tarbiya mazmunini, Shuningdek, o‘quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.
Gnostik qobiliyat- tadqiqotga layoqatlilik bo‘lib, o‘z faoliyatini, bu faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o‘rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir.
Shuningdek, zamonaviy o‘qituvchi o‘zida aqli donishlik qobiliyati, iymon-e’tiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga yo‘naltirish qobiliyati va tashabbusga, ijodga ilhomlantirish kabi qobiliyatlarn bo‘lishi zarurligi ko‘zda tutilmoqda.
Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o‘rganish qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, hiya-tuyg‘usi va iroda sifatlarining namoyon bo‘lishidan iborat ekanligini ko‘rsatdi.
Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash qobiliyatlari bilan bog‘langan. Ular o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bunday o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini (talabalarni) ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Pedagogik qobiliyatlar xarakter xislatlari bilan bog‘langan uyushqoqlik, qat’iylik, haqqoniylik pedagogik faoliyat darajasining ortishiga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik, ko‘ngilchanlik, adolatsizlik pedagog faoliyati natijalarini pasaytiradi.
Har bir o‘qituvchi o‘ziga xos individual-psixologik xislatlarga ega bo‘ladilar. Ulardan ba’zilari harakatchanroq, boshqalari sustkashroq, ba’zilari qattiqo‘lroq, boshqalari yumshoqroq bo‘ladilar. Bu xususiyatlarning hammasi juda yaxshi xususiyatlar bo‘lib, ulardan foydalanishning ahamiyati katta. Bundan o‘qituvchiga his-tuyg‘ular, emotsiyalar yot narsa bo‘lishi kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi, aksincha u quvonishi ham, g‘azablanishi ham, qayg‘uga tushishi ham, xafa bo‘lishi ham mumkin va lozim. Bu erda gap o‘qituvchining qandaydir bir anjozadagi (qolipdagi) shaxsga barovarlashtirish zarurligi to‘g‘risida emas, balki uning o‘z individual sifatlaridan ustalik bilan foydalanishi, o‘zida shaxsning zarur xislatlarni tarkib toptirishi, o‘z kamchiliklariga barham berishi to‘g‘risida boradi.
Bugungi kunda mustaqil respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan ekan, uning kelgusidagi rivoji, gullab-yashnashi bugungi kun yoshlariga bog‘liqdir. Demak, bugngi yoshlar har tomonlama rivojlangan o‘ziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o‘z to‘g‘ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. O‘quvchida ana Shu xususiyatlarning rivojlanishi so‘zsiz o‘qituvchiga, uning o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri boshqara olishiga va o‘quvchilar bilan o‘rnata oladigan muomala va munosabatlariga bog‘liqdir.
Kommunikatsiya- lotincha, communicatio- umumlashtiraman, bog‘layman, degan ma’noni anglatadi. Kommunikatsiya-guruh yoki jamoa ichidagi alohida shaxslar o‘rtasida axborot almashish jarayonini o‘z ichiga oladi. Bunday jarayon asosan-muloqot yordamida amalga oshiriladi.
3. O’qituvchi irodasi, sabr – tokati, uning o’z – o’zini idora qilishi hamda bashqalarga ta‘sir o’tkaza olish qobiliyati.

Odam ob‘ektiv dunyoni bilibgina kolmasdan, balki unga aktiv suratda ta‘sir ham ko’rsatadi. Odam o’z maksadi yulida harakat kilib, har xil tusiklarga uchraydi. Bu tusiklarning bir xili xayot va mexnat sharoitiga, bashqa biri esa kishining shaxsiy kamchiligiga bog’liqdir.


Tusiklarni yengish kishiga bilishning yangi ufklarini ochib beradi, shu bilan birga, uning sharoitlarini va o’z – o’zini idora kila bilish kuchini qaror toptiradi.
Iroda odamning o’z xatti – harakatini ongli suratda tartibga solishidir. Bu esa ko’zlangan maksadni amalga oshirishda uchragan tusikni bartaraf qilishda ifodalanadi.
Odam irodasining ahamiyati jamiyat xayotida goyat kattadir. Odamlar yuksak ma‘naviy – irodaviy sifatlari bilan O’zbekiston Mustakilligini kulga kiritdilar. Bugungi kunda katta – katta yutuklarga erishmokdalar.
O’quvchilarda irodaning ijobiy sifatlarini tarbiyalash o’qituvchining eng muxim vazifasidir.
Shaxsning irodaviy xislatlari ( sifati, xususiyati ) maksadni amalga oshirishda uchragan tusiklarni yengish borasida odamning tajribada xosil qilgan o’ziga xos usullaridan iboratdir. Shaxsning irodasi deb, har xil irodaviy xatti – harakatlar va xususiyatlar yigindisiga aytiladi.
Harakatning maksadga karatilganligi odamning bosh, yetakchi, irodaviy xususiyatidir. Shaxsning bashqa eng muxim irodaviy xususiyatlarini sanab ko’rsatadigan bo’lsak:
tashabbus – o’z xoxishi bilan ish – amal kila, xatti – harakat ko’rsata bilish;
kat‘iyatlik – ikkilanmasdan, har tomonlama uylab qarorlar kabul kila olish va ularni izchil suratda amalga oshira bilish;
sabotlilik – qiyinchiliklarga karshi ko’rashda gayratni bushashtirmasdan maksad orkasidan doimo kuva bilish;
dadillik – ko’rkishga karshi tura olish va kuyilgan maksad yulida urinli tavakkalga bora olish;
ishchanlik – qiyinchiliklarga karamasdan ishni oxirigacha yetkaza bilish.
Bolalar tayyor iroda bilan dunyoga kelmaydilar. Irodaviy usishning eng harakterli xususiyati aktivlik va mustakillikdir.
Kuchli iroda egasi bo’lishning bir necha yullari mavjud:

  1. Boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;

  2. Uchragan qiyinchiliklarni nolimay, maktanmay yengish;

  3. Xatto bir necha marta bo’zib qilish kerak bo’lsa ham boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;

  4. Bugun qilish kerak bo’lgan ishni yertaga koldirmaslik;

  5. Qiziqkan narsalarga birdaniga kuch sarflamasdan, oldin va ketin bajarish;

  6. Iroda xosil qilish uchun xavasni keltiruvchi narsa va harakatdan o’zini tiyish, keraksiz harakatlarni bajarishdan ko’ra muxim.

Irodani tarbiyalashda jamoada yaxshi tashkil etilib, muntazam utkaziladigan ishlar o’quvchilarning umumiy saviyasiga hamisha ijobiy ta‘sir etadi.
4. Qobiliyat va zexn. O’qituvchining o’z qobiliyatini rivojlantirib borishi. Zexn qobiliyatlarni rivojlantirishda muxim ahamiyatga ega. Masalan, nafas yullarining, tovush naychalari va tomon ustki kismining to’zilishi o’quvchida vokal qobiliyatlarning, diktor, lektor bo’lish qobiliyatlarining rivojlanishi uchun zexn ko’rtak bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Shu narsani aloxida ta‘kidlash lozimki, har qanday zexn turlicha ahamiyat kasb etadi. Masalan, pedagog murakkab sharoitni tezda o’rganib olishi, to’g’ri javob yoki xatti – harakatni o’z vaqtida topa bilishi, o’z dikkatini bir ob‘ektdan ikkinchi ob‘ektga kuchira olishi mumkin.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zexnning mavjudligi muximdir. Zexn qobiliyatlar rivojlanishining shartlaridan biridir. Biror kishi muayyan faoliyatga nisbatan ajoyib zexnli bo’lishi mumkin, agarda sharoit bulmasa, mana shu zexn asosida qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Mana Mustakil Respublikamiz o’z huquqini kulga olgandan sung turli kasb egalari turli – tuman yangi – yangi ixtirolar kilmokdalar, qobiliyatli bolalarimiz chet ellarda faoliyatlarini (musika, sport, olimpiada uyinlari va bashqalar) namoyish etib kelmokdalar.
Zexnning rivojlanish sharti - bu avvalo, faoliyat, avvalo pedagog – tarbiyachi tomonidan bajariladigan, sungra tobora mustaxkamlanib boradigan, chuqur ijodiy faoliyatdir. Kishi o’z zexnini mustaxkamlash uchun juda ko’p mexnat qilishi kerak bo’ladi.
Maktabda bola qobiliyatlarini rivojlanishi bevosita o’qituvchi – tarbiyachi raxbarligida olib boriladi. O’quvchi qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uning iste‘dod nishonalari zexnini xisobga olish juda muximdir. Qobiliyatlarning erta namoyon bo’lishi bolaning favkulotda zexnga ega ekanligini ko’rsatadi.
Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko’pincha, shu kishilarning xayot yulini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib kuyamiz. Holbuki, shu odamlarning maslaxati, qo’llab – quvvatlashi shunday mashxur kishilar yetilib chikkanligidan guvoxdir.
Shaxsning qobiliyatini rivojlanishini yana bir sharti – ta‘limni unumli mexnat bilan kushib olib borilishidir. Ikkinchidan, qobiliyatlarning rivojlanishi bilim, kunikma va malakalar egallash bilan bevosita boglangandir. Agar bola ma‘lum yetarli bilimga ega bulmasa, u har kancha harakat kilsa ham o’z qobiliyatini yo’zaga chikara olmaydi.
Demak, xayot yulini aniklab olish, iroda va harakterni, o’z – o’zini tarbiyalab borish qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy faktorlaridan biridir.

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə