Mavzu: hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish imkoniyatlari reja I. Kirish II. Asosiy qism


Kommunikativ qobiliiyatlarni rivojlantirish



Yüklə 108 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108 Kb.
#161221
1   2   3   4   5   6   7
14 Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobilyatini shakllantirish

5. Kommunikativ qobiliiyatlarni rivojlantirish.
O‘qituvchining kommu­nikativ muloqoti ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan tizimdir:
axborot-kommunikativ;
• regulyatsion-kommunikativ;
• affektiv-kommunikativ.
Kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo‘ladi va belgilangan natijalarni bermaydi.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: "Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba‘zan muloqotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘gri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak.
O‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro emotsional birligi bo‘lib, u o‘qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi:
- bo‘lajak darsda o‘quvchilar jamoasi bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olish;
- o‘quvchilar bilan o‘zaro demokratik va erkin munosabatning har xil darajalarini tashkillashtirish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
-darsda o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish.
Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi
Muloqot - yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga etadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Pedagogik muloqot -bu o o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lsan psixologik muhitni vuiudsa keltirib, iiobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
• o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
•o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fik-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;
• o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
Rus pedagogi V.A. Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1.Prognozik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
2.Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3.Pedagogik jarayon: O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4.Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun model­lashtirish.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob bera olishi kerak:
1.Nimaga o‘rgatish;
2.Kimni o‘rgatish;
3.Qanday o‘rgatish.


XULOSA
Xulosa qilaigan bo’lsak, muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini eo‘zozlashi lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o‘zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo‘naltirish demakdir. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun suhbatdoshni o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari o‘quvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir.
Ishonchini qozonish usuli o‘quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o‘quvchi ongiga qaratilgan bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi. o’qituvchining barcha ijobiy umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta axamiyatga ega. Agar biz qo’yidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muxim omillardir. Jumladan, o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-saramjonligi, sipoyagarchiligi, uning qiliqlari, o’zini chiroylik tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Jumladan, o’quvchilarning «Farida opani nechuk yaxshi kurmaysan ular har doim shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku?» yoki «Noila opa maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko’rsatishi kerak – chunki ularning turqi-qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarini olishimiz mumkin.
Muhim davlat vazifasini – kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o’qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o’sib rivolana boradi.
Shu bilan birga o’qituvchi doimiy ravishda ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarurdir. Bu to’g’rida mazkur ishimizning kelgusi boblarida so’z boradi.



Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə