1 -rasm. Hayvon organizmi to'qimalari va hujayralari. 1 - epiteliy, 2 - qon, 3 - tog'ay, 4 - suyak, 5 - biriktiravchi to'qima, 6 - silliq muskul tolalari, 7 - mezoteliy, 8 - nerv hujayralari. E - eritrotsitlar. L - leykotsitlar.
Bu to'qima hayvon tanasi sirtini qoplab turavchi terini hosil qiladi. Tana bo'shlig'i, ichak devori va ichki organlar bo'shlig'ining ichki yuzasi ham shu to'qima bilan qoplangan. Epiteliy organizmni tashqi va ichki muhitning zararli ta'siridan himoya qiladi. Chuvalchanglar tanasi sirtidagi kutikula, bo'g'imoyoqlilarning xitin qoplag 'ichi, umurtqali hayvon-larning juni, patlari va tirnoqlari teri epiteliysidan hosil boiadi. Epiteliysekretsiya funksiyasini ham bajaradi. Masalan, ichak va oshqozon devori bezlari hazm fermentlari, ichki sekretsiya bezlari epiteliysi gormonlar ishlab chiqaradi. Teridagi maxsus epiteliy hujayralari teri sirtiga ter va yog' ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |