Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə8/14
tarix30.04.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#86295
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Hayvonlar hujayrasi va to\'qimalari

Moddalar almashinuvi. Oziqlanish orqali organizmga Oziq moddalar, suv va kislorod o'tadi. Bu moddalardan assimilyatsiya natijasida hayvon­lar hayoti uchun zarur bo'lgan yangi moddalar hosil bo'ladi. Dissimilyatsiya jarayonida hayvonlar tanasidagi organik moddalar (yog'lar. uglevodlar) parchalanib, energiya ajralib chiqadi va organizm uchun keraksiz moddalar (karbonat angidrid gazi, azotli mahsulotlar) hosil bo'ladi. Oziq moddalar, suv va kislorod tananing turli qismlariga yetkazib beriladi, parchalanish mahsulotlari esa tanadan chiqarib tashlanadi. Ko'pchilik tir­ik organizmlarda assimilyatsiya va dissimilyatsiya mahsulotlari suvda erigan holda hujayra qobig'i orqali organizmga o'tadi va chiqarib tashlana­di. Moddalarning organizm orqali bunday harakatlanishi diffuziya deyiladi. Bir hujayrali va tuban ko'p hujayrali hayvonlar tanasida boradigan modda almashinuv jarayonlarida diffuziya asosiy о'rin tutadi.

Hayvonlar tanasining yiriklashuvi va tuzilishining murakkablashuvi bilan organizmda moddalarni tashish funksiyasini bajaruvchi maxsus organlar paydo bo'ladi. Bo'shliqichlilarda bu vazifani tana bo'shlig'i, yassi chuvalchanglarda esa shoxlangan ichaklar, tugarak va halqali chuvalchanglar hamda bo'g'imoyoqlilarda tana suyuqligi bajaradi, Yuksak tuzilgan hayvonlar hayotida moddalar almashinuvi va qon aylanish sistemasi asosiy o'rin tutadi.




Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə