Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə4/14
tarix30.04.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#86295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Hayvonlar hujayrasi va to\'qimalari

Muskul to'qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan tolalardan tashkil topgan. Muskul to'qimasi silliq vako'ndalang chiziqli bo'ladi. Silliq muskullarduksimon, bitta yadroli hujayralardan tashkil topgan. Ular bir hu-jayralilar va bo'sbJiqichlilardan tashqari barcha umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlarning ichki organlari tarkibiga kiradi. Bu muskullar kuchsiz, lekin bir maromda qisqaradi. Ko'ndalang chiziqli muskullar ko'p yadroli uzun tolali hujayralardan iborat. Bu xildagi muskullar bo'g'imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, o'rgimchaksimonlar va hasharotlarning harakat organlari, umurtqali hayvonlarning skeleti bilan bog'langan. Ko'ndalang chiziqli muskullar har xil kuch bilan qisqarishi mumkin.

Nerv to'qimasi - nerv hujayralari- neyronlar va hujayra oralig'i modda - neyrogliydan iborat. Tashqi muhitdan va organizmning o'zidan keladigan qo'zg'alishni qabul qilish va o'tkazish vazifasini bajaradi. Nerv hu­jayralari dastlab sodda ko'p hujayralilar -bo'shliqichlilarda paydo bo'ladi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari markazlashgan bosh nerv tugunini hosil qiladi. Bo'g'imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarning nerv hu­jayralari yanada kuchliroq markazlashishi natijasida markaziy nerv siste-. masini hosil qiladi.


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə