Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti



Yüklə 271,01 Kb.
səhifə2/2
tarix17.12.2023
ölçüsü271,01 Kb.
#150283
1   2
1440588552 61512

Ayni kunlarda davom etayotgan G`azodagi ziddiyatlar Misr-Isroil munosabatlari o`ziga xos davrga kirgan vaqtga to`g`ri keldi. Isroil so`ngi ikki yilda Misr kamida ikki marta Kemp-Devidda belgilangan darajadan oshib ketgan qo`shinni Sinayga kiritganligi haqida bayonot tarqatgan edi. Misrga ko`ra bu Isroilga tahdidni anglatmaydi, qo`shinlar Sinaydagi vaziyatni izga solish uchun kiritilgan.

Ayni kunlarda davom etayotgan G`azodagi ziddiyatlar Misr-Isroil munosabatlari o`ziga xos davrga kirgan vaqtga to`g`ri keldi. Isroil so`ngi ikki yilda Misr kamida ikki marta Kemp-Devidda belgilangan darajadan oshib ketgan qo`shinni Sinayga kiritganligi haqida bayonot tarqatgan edi. Misrga ko`ra bu Isroilga tahdidni anglatmaydi, qo`shinlar Sinaydagi vaziyatni izga solish uchun kiritilgan.

Misr Isroilning qudratli qo`shnilaridan biridir. Avvaliga dushman bo`lgan ikki mamlakat deyarli 40 yilldan beri tinch yashab kelishmoqda. 1973-yildagi Yom Kippur jangi ortidan imzolangan 1978-yildagi Kemp-Devid tinchlik kelishuviga ko`ra Misr Sinayda tinchlikni saqlab turish uchun ma`lum miqdorda qo`shin saqlab turishi mumkin edi. Strategik jihatdan bu kelishuv Sinay yarimorolini Misr-Isroil o`rtasidagi buffer zonaga aylantirdi.

Kelishuvga ko`ra yarimorol neytralitetligiga qarab 4 zonaga bo`lingan. Bu zonalardagi qo`shinlar miqdori ham belgilab qo`yilgan. Misr Suvaysh kanali bo`yidagi A zonaga mexanizatsiyalashgan yoki piyoda qo`shinlarni olib kirish xuquqiga ega. B zonada qurolli qo`shinlar munisipal politsiya va chegara nazorati kuchlari darajasiga pasayadi. 1,600 nafar xalqaro tinchlikparvar kuchlar C zonaning sharqidagi 32 ta bazada xizmat qilishadi. Isroil D zonada cheklangan qo`shin saqlab turishi mumkin.


2008-yildagi Kest Lid Operatsiyasi (bu operatsiya paytida Misr chegaralarni berkitib qo`ygan, xatto falastinliklar bilan o`q almashgan ham edi)ga o`xshamagan holda, 15-noyabrda Misr chegaralar yopilmasligini, yaralangan odamlar Misr hududiga o`tishi mumkinligini e`lon qilgan edi. Lekin ulkan qochoqlar oqimidan qo`rqqan Misr o`z insonparvarlik qarashlarini o`zgartirib, 16-noyabr kuni chegarani yopib qo`ydi.
Agar Misr chegarani ochiq saqlasa, Isroil falastinlik jangarilarni Misrga o`tib ketishining oldini olish maqsadida G`azodagi Misr bilan chegaradosh Filadelfi hududiga qo`shin jo`natishga majbur bo`ladi. Bu esa so`ngi yarim asr davomida ikki davlat qo`shinlarining birinchi bor juda yaqin masofada turib qolishini anglatib, regiondagi barqarorlik muvozanatini izdan chiqib ketish xavfini oshiradi.
Har bir muammoning tag ma`nosini tushunib yetish uchun uning tarixiga murojaat qilish zarur. Kurd muammosi ham bundan mustasno emas. Quyida hozirda bu mintaqada kechayotgan geosiyosiy jarayonlarni tarixiy ildizlariga murojaat qilamiz.
Kurdlar haqida gap borar ekan ular o`zi aslida kim degan savol xayolga keladi. Tarixchilarning fikricha ular Hind-Yevropa qavmining Fors tarmog`iga mansubdirlar. Qadim zamonlarda Eron va Yefratiya oralig`ida joylashgan tog`li hududlarda Mitanni, Kassitlar qirolliklari navbati bilan xukmronlik qilishgan. Miloddan avvalgi 612-yilda kurdlarning ajdodlari bo`lmish medelar qudratli Ossuriya podsholigini yengib, butun Eron va Anatoliya hududida yangi imperiyaga asos soladilar.
Medelarning hukmronligi atigi bir asrga cho`ziladi, lekin ularning dini va sivilizatsiyasi Aleksandr Makedonskiy kelgunga qadar Eronda saqlanib qoladi. Huddi shu davrdan to Islomning tug`ilishiga bo`lgan vaqt mobaynida kurdlarning taqdiri Eronni navbatma-navbat boshqargan yirik imperiyalar: Saljuqiylar, Parfiya va Sosoniylarga bog`liq bo`lib qoladi.
Kurdlar dunyodagi eng katta o`z davlatiga ega bo`lmagan etnik guruhdir. Tahminan 30 million kurdlar Turkiya, Iroq, Suriya va Armanistonni o`z ichiga olgan geografik kenglikda yashashaydilar. Ular Turkiya aholisining 18 % ini, Iroq aholisining 15-20 % ini tashkil qilishib, O`rta Sharq mintaqasida arablar va forslardan keying uchinchi katta etnik guruh hisoblanadilar. Kurdlar Islom dinining sunniy mazhabiga e`tiqod qilishib, o`z tili va madaniyatiga egalar. Ular yashaydigan Turkiya, Armaniston, Eron, Iroq va Suriyadagi hudud Kurdiston yoki Kurdlar Yeri deb ataladi. Janubiy-G`arbiy Osiyodagi arablarga o`xshamagan xolda Kurdlar Hind-Yevropa tillari oilasining Fors tarmog`iga kiruvchi alohida kurd tilida so`zlashadilar. Zamonaviy kurdlar ikki katta guruhga bo`linishadi: Kurmanji guruhi va Gurani guruhi. Bu guruhlar lahjalarga qarab ajratilgan. Eng kattasi Kurmanji guruhi bo`lib, hozirgi kurdlarning ¾ qimi shu guruhga mansub.
1918-yilda Germaniya tomonida jang qilgan Turkiya Ittifoqdosh Kuchlar tomonidan mag`lub etilgan so`ng, mustaqillik tarafdorlari Kurd davlatini tuzish talabi bilan Versal Konferensiyasiga delegatsiya yuborishdi.
Kurdlarning bu talabi xalqaro hamjamiyat tomonidan hisobga olindi. 1920-yilning 10-avgustida Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Turkiya tomonidan imzolangan Sevr shartnomasining 111-bo`limiga Kurdiston hududida mustaqil Kurd davlati tuzsih borasida moddal (62-64)lar qo`shildi. Lekin keyinchalik shartnomaning o`zi kabi bu bo`lim ham e`tibordan chetda qoldi.
Turkiya o`z harakatini kuchaytirgan Mustafo Kamol bu da`vatga e`tabor qaratadi va Anatoliyani okkupatsiya qilgan xristianlarga qarshi kurashda ko`mak so`rab Kurdistonga keladi. E`tiborga loyiq narsa shuki, urkiyaning mustaqillik kurashidagi ilk kuchlar Kurdistondan kelgan askarlar edi.
1922-yildagi yunonlar ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng Mustafo Kamol Turk va Kurd davlatini tuzishda bergan va`dasini davom ettiradi. Yunon-turk sulhi imzolangan Luzanna Konferensiyasida Turkiya delegatsiyasi yagona Turk va Kurd millati nomidan nutq irod qilgandi. 1923-yil 24-iyulda kamolchilar hukumati va Ittifoqchi Kuchlar o`rtasida yangi bitim imzolanadi Bu bitim Sevr shartnomasini bekor qilib, Kurdistonning katta qismini yangi Turk davlatiga qo`shib yuborishni ko`zlagan edi. bundan oldinroq, 1921-yil 20-oktyabrda imzolangan fransuz-turk bitimi Jazira va Kurd-Dog` kabi Kurdiston hududlarini Fransiya mandati ostida bo`lgan Suriyaga qo`shib yuborgan edi. Katta qismi kurd yetakchilaridan biri bo`lgan Simko boshqaruvi ostidagi Eron Kurdistoni Eron tarkibida qoldiriladi.

Xulosa

  • Ahmadinajod, Gitler, Saddam va “Murosa Analogiyasi”
  • Siyosatchilar 1930-yillarda va 2000-yillarning boshida mamlakatida xotirjamlikni qaror toptirish harakatiga tushib qolgan Adolf Gitler hamda Saddam Husaynlar orasidan analogiya(o`xshashlik)lar topishni xush ko`radilar. Endi bu ikki diktatorni ichidan Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajot ham joy oladigan ko`rinadi.
  • 2011-yilning noyabr oyida Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (IAEA) direktori Yukiya Amano Eron yadroviy dasturining asl tabiati borasida juda kam shubhalar qolganligini ma`lum qildi. 2012-yil avgustining o`rtalarida IAEA tomonidan chiqarilgan boshqa bir xisobotga ko`ra Eron uranni boyituvchi sentrafugalar sonini ikki baravarga ko`paytirgan. Bu xisobotlar G`arb va Isroil tomonidan Eron yadroviy dasturiga qarshi siyosiy munozaralarni qaytadan avj oldirilishiga sabab bo`ldi. Eronning qudrati yadro bombasi yaratishgacha yetganiga ishonilar ekan, siyosatchilar va tahlilchilar Eronni to`xtatib qolish uchun turli xarbiy muqobil yo`llar haqida bosh qotirmoqdalar. Eronni tinchlantirishga urinishdan deyarli naf yo`q, tarix buni allaqachon isbot qilib bo`lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • Агибалова Е.В., Донской Г.М. История Средних веков 6 класс
  • Internet saytlari: wikipediya.org, ziyonet.uz, kutubxona.uz, cia.com, arabic.com,amerika ovozi.
  • Arab xalqlari etnografiyasi maruza

Yüklə 271,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə