Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo


Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə10/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

4. Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari.


Gomer (Homeros) — yunon shoiri. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. 12-asr bilan 7-asr oraligʻida deb koʻrsatiladi. G.ning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. G.ga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin fakat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ G.niki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. G. asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar).[1]
Homer (yunonchada Ὅμηρος; hayotini lokallashtirish mumkin boʻlgan davr — er. av. XII asrdan er. av. VII asrgacha) — Qadimgi Yunonistondagi afsonaviy shoir-baxshi. "Iliada" va "Oddiseya"ning muallifi.
Uning vatani deb nomlanishga yetti shahar kurashgan: Smirna, Hios, Kolofon, Salamin, Rodos, Argos, Afina.
Ksenofont (Xenophon) (miloddan avvalgi taxminan 430—355 yoki 354) — qad. yunon tarixchisi va davlat arbobi. Afinada boy oilada tugʻilgan, Suqrotning shogirdi. Miloddan avvalgi 401 yil Eron taxti daʼvogari Kichik Kirning Bobilga yurishida qatvashgan. Kir halok boʻlgach, Kichik Osiyo, Qora dengiz sohillariga chekivayotgan 10000 kishilik yunon qoʻshiniga rahbarlik qilgan (bu voqealarni u "Anabasis" asarida tasvirlagan). K. yunon tarixchisi Fukidid acarining davomi boʻlgan "Yunoniston tarixi"(7 kitobdan iborat) hamda iqtisod, falsafa va harbiy sohaga oid asarlar yozgan.
Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maksad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savoljavob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va harakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida oʻz ifodasini topgan. S. oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. taʼlimoti ga koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1dan, oʻrta miyonalik, moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavfxatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamondoshlari va shogirdlarining guvoxlik berishicha, S. oʻzining chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. S. taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə