Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo


Arab-islom mutafakkirlari iqtisodiy fikrlari



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə8/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

1.4 Arab-islom mutafakkirlari iqtisodiy fikrlari
0‘rta asr davriga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlami ancha to‘g‘ri aks ettirgan iqtisodiy g‘oya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi. Ular o‘sha davr ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday xususiyatlardan biri eng awalo, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarda diniy qarashlaming ustunligidir. 0‘sha davrda xo‘jalik hayotidagi diniy-axloqiy me’yorlar, ulaming bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratik tamoyillaming o‘matilishiga to‘sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g‘oya, nazariyalaming din “pardasiga o‘rab” berilishiga sabab bo‘lgan.
Arab mamlakatlarida feodal munosabatlaming shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitini to‘g‘ri aks ettimvchi iqtisodiy qarashlaming kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi - Qur’oni Karimda (arabcha - qiroat, ya'ni o‘qish) keng tarzda o‘z aksini topgan.
Islom dinida Qur’oni Karim Alloh tomonidan payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan, deyiladi. Qur'oni Karimdagi iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar o‘zining to‘g‘ri va faolligi bilan ajralib turadi.
Qur’oni Karimdagi asosiy g‘oyalardan biri musulmonlaming qardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug‘lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtiriladi.
Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo‘rlik (sudxo‘rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh, deb ko‘rsatiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblami egallash, ayniqsa, dehqonchilik, qo‘ychivonlik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan.
Qurioni Karimdagi iqtisodiy g‘oyalami bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri eng awalo, halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar mehnati ulug‘lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot kechirishga da’vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.
«Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar», degan ko‘rsatmalar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi), «Daryo ’o ‘yida tahorat qilsangiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, Niso surasida (29-oyat) «Mollaringizni o'rtalarinigizda nohaq (ya’ni o‘g‘rilik, qaroqchilik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, qimor kabi) yo‘llar bilan yemangiz! Balki o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo'rlik, poraxo‘rlik kabi illatlar shar’iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi.
Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunoh, deb hisoblanadi.
Masalan, Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib, olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan, deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi, yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo‘l qo‘yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o'zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar» (39-oyat).
Alloh Taoloning Qur’oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g‘oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan, deb e’lon qilingan. Shuningdek, o‘zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə