Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə4/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

G‘oyalar ta’limoti tarixi.

Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalami ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.



Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (intematsionalizm) kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikming rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari V. Petti, A. Smit va D. Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma'lum bo‘ldi, vaholanki undan awalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «0‘lik mol» sifatida yotgan.
Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi ko‘rishimizdir. Biz murosadan ko‘ra bahsni ko‘proq yaxshi ko‘ramiz. Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochilishiga imkon berish” yondashuvimizdir, ya’ni biz kichkina urug‘dan qanday go‘zallik paydo bo‘lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelgan. Ularning barchasini to‘la o‘rganish maqsadida yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish zarur. Shuning uchun ham hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalami ma’lum tizimga solish va shu asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo o‘tgan davr hodisalari va g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga , o'rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Merkantilizm - jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantilizm — italyancha «mercante» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skaruffi
va boshqalar hisoblanadi.
Fiziokratlar - jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar. Bu ta’limotning asoschisi Fransua Kene (1694-1774) hisoblanadi.
Klassik siyosiy iqtisod - boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi.
U. Petti (1623-1686) boylikning manbayi yer va mehnat ekanligini e’tirof etgan. «Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora unga tegishlidir.
A.Smit «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar
asosida bozor o‘z-o‘zini tartibga solishi («ko‘rinmas qo‘l») g‘oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat bu shaxsiy manfaatdir, deb ko‘rsatadi.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə