Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə3/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Samarqand2022
OʻQUV USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
Oʻquv materiallar………………………………………………………
1. Maʼruza matnlari…………………………………………………….
2. Amaliy mashgʻulotlar..........................................................................
3. Mustaqil taʼlim mashgʻulotlari............................................................


  1. Glossariy…………………...............................................................


  2. Fan sillabusi (1-bosqich uchun)......................................................


  3. Testlar...............................................................................................


1-Mavzu: Fanga kirish. Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari
Reja:


1. G‘oyalar kuchi.
2. G‘oyalar ta’limoti tarixi.
3. Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari.
4. Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari.
5. O’rta Osiyo mutaffakirlari iqtisodiy g‘oyalari.
6. Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy siyosatning hozirgi davir uchun ahamiyati.


1. G‘oyalar kuchi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani insonlami iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, g‘oya, nazariyalaming kelib chiqish tarixini, ulaming mohiyatini, iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‘nalishlari, ulaming asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‘ziga xosligini, uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‘lab o‘rganish zarurligini, har . qanday iqtisodiy xulosa universal bo‘lmasligini, shu bois ulaming amal qilish xususiyatlarini to‘g‘ri tushinish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga intilmoqdalar. Xo‘sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o‘rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Iste’molchilar xohishlari odatda chegaralanmagan va cheksizdir, ammo resurslar (odatda yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati) cheklangandir. Tanqislik muammosini hal qilish uchun cheklangan iqtisodiy resurslami cheklanmagan muqobil variantlar (hohish istaklar) o‘rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday taqsimot bir tarafdan iste’molchi istaklarini kamaytirishi va cheklashi, ikkinchi tomondan esa iqtisodiy resurslar va ne'matlami yetkazib berishni ko‘paytirishi kerak.Shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi ushbu fanni o‘rganishni ham uning tarixini o‘rganishdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o‘tgan donishmandlaming fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrog‘i velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Iqtisodiyot insonning tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p ming yillik tarixga ega. Lekin ulaming asosiy qismi yozuv paydo bo‘lganidan so‘ng yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‘oyalar, awalo, insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o‘rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‘lsa, ulardagi nodir fikrlami hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.
Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‘lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlaming manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o‘rganish manbalari turli-tuman bo‘lib, qadimgi arxeologik topilmalar, moddiy ne’matlar, qoya va bino devorlaridagi rasmlar, chizmalar va xalq og‘zaki ijodi namunalari muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari bo‘lib, qoiyozmalar, davlat arboblari, olim, donishmand, mutafakkirlaming yozib qoldirgan kitoblari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Jahon iqtisodiy tafakkurida qadimgi qoiyozmalar o‘ta ahamiyatlidir. Masalan, 0‘zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutida arab, fors, qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan ortiq qoiyozmalar mavjud. Lekin bu qoiyozmalami o‘rganishda maium obyektiv va subyektiv kamchiliklar mavjud. Xuddi sutning qaymog‘ini olish oson bo‘Iganidek, bu qo‘lyozmalardagi entsiklopedik g‘oyalardan muhimlarigina o‘rganilgan,iqtisodiyot tafakkuri bilan bog‘liq bo'lgan materiallar hali o‘z tadqiqotchilarini kutib turibdi.
Bu fanning maqsadi awalgi ortodoksal g‘oyalar zamonaviy iqtisodiy nazariyaning mazmuni va predmetiga qo‘shgan hissalarini va shu bilan birga ortodoksal bo‘lmagan boshqa g‘oyalaming zamonaviy iqtisodiy ta'limotlaming shakllanishidagi ahamiyatini ko‘rsatgan holda iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdan iborat.
Bundan tashqari kitobda alohida olingan g‘oya va fikrlaming iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishidagi ahamiyati va o‘z o‘mida nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat shakllanishidagi ahamiyati tushuntirilgan. Tabiyiki, bu iqtisodiy ta'limotlar kishilaming dunyoqarashi va rasmiy nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy dunyoqarash shaxsning dunyodagi voqeliklami o‘z ongida aks ettirishidir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishning asosiy sabablaridan biri yaxshi iqtisodchi bo‘lishdir. 0‘tmishning va hoziming eng muhim iqtisodchilari o‘z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish bo‘lganlar. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘qish nazariy va mantiqiy qobilyatlami oshiradi, farazlami xulosaga bogTashga imkon beradi, o‘z fikridan farqli boTgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‘rgatadi.
0‘tmish g‘oyalarini o‘rganishning yana bir sababi yangi g‘oyalami shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalami o‘rganish ko‘pincha yangi g‘oyalami yaratishga undaydi. Ba’zan nazariyalar o‘tmishda yo‘qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular maTum vaziyatlargagina bogTiq boTib qolishadi. 1815-yillarda renta va unumdorlikning pasayib borishi tushunchalarining rivojlantirilishi bunga yaxshi misol boTadi. Ya’ni renta va unumdorlikning pasayib borishi tushunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga tatbiq etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan. Shunday qilib, zamonaviy ortodoksal iqtisodning yuzaga kelishini o‘rganish orqali ortodoksal g‘oyalardan farqli bo‘lgan, lekin hozirgi kun iqtisodiy nazariyalar mazmunining shakllanishiga yordam bergan g‘oyalami esdan chiqarmagan holda iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishimiz lozim. Iqtisodiy nazariyalaming ko‘lami va mazmuniga qo‘shimcha ravishda o‘sha davrdagi iqtisodiy vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikka ham e’tibor qaratishimiz zarur. Nazariyalardan kelib chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan g‘oyalaming rivojlanishi orqali uning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tishimiz lozim1.




  1. Yüklə 370,16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə