Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo


D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko‘rsatadi. Sismondi



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə5/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko‘rsatadi.
Sismondi (Jon Sharl Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo'lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i lozim, deb ko‘rsatadi.
Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen) kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste'molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o‘matish talabi bilan chiqadilar.
Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ulaming vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan almashinishi sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratadi.
Marjinalizm vakillari (marginal-me’yoriy, qo‘shilgan) — tovar nafliligi, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borish qonuni bu oqimning asosiy tamoyili hisoblanadi. Shunga ko‘ra narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Maijinalizm asoschilari Karl Mengsr, Fridrix fon Vizer, Eigen fon Bem- Baverk, Uilyam Stenli Jevons hisoblanadi.
Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini ilgari suradi. Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‘rsatadi. Funksional bog‘lanish g‘oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, LShumpeter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishning ichki kuchlarini ko'rsatib berishga harakat qilgan hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan.
Keynschilik — rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta'sir ko'rsatishini asoslaydi.
Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erxard) - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Monetarizm - (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi. Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, bosib o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolini ko‘zlash haqida fikr yuritishga undaydi.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə