Toshkent davlat transport universiteti


§ 10.2. O’zgaruvchan tokni to’g’rilash. Tekislovchi filtrlar



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə52/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

§ 10.2. O’zgaruvchan tokni to’g’rilash. Tekislovchi filtrlar

Chiziqli bo’lmagan zanjir yordamida tok spektrida o’zgarmas tashkil etuvchini hosil qilish va uni ajratib olish jarayoni o’zgaruvchan tokni to’g’rilash deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma (chiziqli bo’lmagan zanjir) to’g’rilagich deyiladi.


Demak, to’g’rilash jarayonini amalga oshirish uchun baqat tokning o’zgarmas tashkil etuvchisiga ega bo’lgan chiziqli bo’lmagan zanjirgina yaroqli bo’lar ekan. Undan tashqari, to’g’rilash effekti yetarli bo’lishi uchun bu o’zgarmas tashkil etuvchi tok katta bo’lishi kerak. Bunday xususiyatga tarkibida ventil xususiyatiga ega bo’lgan element qatnashuvchi chiziqli bo’lmagan zanjir ega bo’ladi. Ventil xususiyatga ega elementga misol qilib lampaviy va yarim o’tkazgichli diodlarni, gazotron, tiratron va boshqa elementlarni ko’rsatish mumkin. Shuning uchun to’g’rilagichlar ana shu elementlarda yig’iladi.
To’g’rilashda zanjirga ta’sir etuvchi tebranish (kirish kuchlanishi) yetarlicha katta amplitudaga ega bo’lgani uchun to’g’rilovchi element volt-amper xarakteristikasi to’g’ri chiziqlar kesmasidan iborat deb olinadi (1- rasm).

10.1- rasm. Bitta yarim davrli to’g’rilash sxemasi (a) va uning ishlash prinsipi (b)
To’g’rilash sxemasi ikki xil – bitta va ikkita yarim davrli bo’ladi. Bizga transformatorning ikkilamchi chulg’ami bilan ketma-ket ulangan D diod va Rn rezistordan tuzilgan zanjir berilgan bo’lsin (1a-rasm; kondensatorsiz).
Agar transformatorga o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, ikkilamchi chulg’am kuchlanishining musbat yarim davri to’g’ri kelganda diod ochilib, zanjirda tok hosil bo’ladi. Kuchlanishning manfiy yarim davrida diod yopilib, zanjirdan tok o’tmaydi. Uning grafik tasviri 1b-rasmda ko’rsatilgan (teskari tok hisobga olinmagan). Demak, zanjirdagi tok va chiqish kuchlanishi uzlukli bo’ladi. Bunday tok va kuchlanish impulslanuvchi tok yoki kuchlanish deb ataladi.
Demak, ko’rilgan sxemada tok kirish kuchlanishining musbat (+) yarim davrlaridagina hosil bo’ladi. Shuning uchun bu sxema bitta yarim davrli to’g’rilash sxemasi deyiladi. Uning asosida tuzilgan to’g’rilagich esa, mos ravishda, bitta yarim davrli to’g’rilagich bo’ladi.
Radioqurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan foydalanish mumkin emas. Shuning uchun pulslanishni yo’qotish – tekislash zarur. Buning uchun pulslanuvchi tok yoki kuchlanish spektridagi o’zgarmas va o’zgaruvchan tashkil etuvchilar bir-biridan ajratiladi va o’zgaruvchan tashkil etuvchidan qutilish chorasi ko’riladi. Bu jarayonni amalga oshiradigan qurilma tekislovchi filtr deb ataladi.
Yuklama rezistoriga parallel ulangan kondensator eng sodda tekislovchi filtr hisoblanadi. Uning sig’imi yetarlicha katta, ya’ni bo’lishi kerak (10.1a-rasm; punktir). Bu holda diodning ishlashiga transformator kuchlanishidan tashqari kondensatorning kuchlanishi ham ta’sir etadi. Transformatordan diodga musbat kuchlanish berilganda, undan o’tadigan tok kondensatorni zaryadlaydi va kondensatorda Us ga teng kuchlanish hosil bo’ladi. Uning ishorasi II cho’lg’am kuchlanishi ishorasiga qarama-qarshi - musbat bo’ladi. Shuning uchun dioddan transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanish kondensator kuchlanishidan katta (Utr> Us) bo’lgandagina tok o’tadi. Utrs bo’lganda esa, diod yopilib, kondensator Ryuk rezistor orqali zaryadsizlanadi.
Agar Ryuk yuklama rezistorining qarshiligi cheksiz bo’lsa, kondensator transformator ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanishning amplituda qiymatigacha zaryadlanishi kerak. Lekin unda dioddan o’tadigan tok nolga teng bo’lib, sxema ishlamay qo’yadi. Ryuk rezistorning chekli qiymatida zanjirda muvozanat vujudga keladiki, unda transformator kuchlanishining bir davrida kondensator oladigan elektr energiyasi bilan yo’qoladigan energiya miqdori bir-biriga teng bo’ladi. Muvozanat holatida zanjirdagi tok va kondensator kuchlanishining vaqt bo’yicha o’zgarish grafigi 2-rasmda ko’rsatilgan.


Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə