Toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə48/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

IX BOB. TIRISTORLAR

§ 9.1. Tiristorning ta’rifi, vazifasi


Tiristor - to’rt qatlamli, ya’ni uchta p-n o’tishli yarim o’tkazgich asbobdir. Unda turli xil o’tkazuvchanlikka yega qatlamlar ketma-ket ulandi. Chetki p1 - qatlam - anod, n2- qatlam – katod deb ataladi. Ichki p2 va n1 qatlamlar boshqaruvchi yelektrod yoki baza deyiladi. Baza qatlamlari bir xil bo’lmaydi: n- baza p- bazaga qaraganda qalinroq va qotishma miqdori ozroq qilib yasaladi. Natijada n2 p-n o’tishning to’g’rilash xususiyati juda yaxshi bo’ladi (teskari toki kichik, teskari qarshiligi yetarlicha katta). Tashqi kuchlanish anod -katod oralig’iga qo’yilgan holni ko’raylik.





9.1-rasm. Tiristorlarning umumiy holat ko’rinishi

Manbaning musbat qutbi anodga, manfiy qutbi katodga ulangan bo’lsin. Bunda kuchlanishning kichik qiymatlarida n1 va n3 p-n o’tishlar to’g’ri, n2 p-no’tish yesa, teskari yo’nalishda ulangan bo’ladi. Shuning uchun tashqi kuchlanishni to’liq n2 p-n o’tishga qo’yilgan deb qarash mumkin. U yopiq bo’lgani uchun tiristordan o’tadigan tok juda ham kam (teskari tokka teng) bo’ladi. Tristorning qarshiligi ana shu yopiq n2 o’tish qarshiligi orqali xarakterlanadi. Agar tashqi kuchlanish orta boshlasa, qatlamlardagi tok o’tish bilan bog’liq jarayonlar sifat jihatdan o’zgaradi. n2 O’tishdagi teskari tokning biroz ortishi bilan har ikki bazaga asosiy bo’lmagan tok tashuvchilarning kirishi (tutilib qolishi) zo’rayadi. Masalan, P2- bazada kavaklar zichligi ortadi. Bu n2 o’tish potensial to’siqning kichrayishiga, ya’ni qarshilikni kamayishiga olib keladi. Natijada tiristordan o’tadigan tok faqat teskari tokka yemas, balki n2 o’tishga yetib kelgan bazalardagi asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar tokiga ham bog’liq holda orta boshlaydi ( rasm qarang). Tashqi kuchlanishning kattaligi biror Uyok kuchlanishga yetgach, tiristor toki kuchkisimon orta boshlaydi. Bu kuchlanish tiristorning qayta ulanish togri kuchlanishi deb ataladi. Bu vaqtda tiristorning qarshiligi juda kichik bo’lgani uchun undagi potensiallar ayirmasi ham kichrayadi. Uning kattaligi tashqi yuklama qarshiligining qiymati bilan chegaralanadi. Tiristor tokining ortishi davomida asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar n2 o’tishda to’plana boshlaydi.






Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə