Toshkent davlat transport universiteti


-chi qatlam (Seans qatlami)



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə46/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

5-chi qatlam (Seans qatlami). Vazifasi–tadbiqiy jarayonlar muloqotini qo’llab-quvvatlash bu jarayonlarni ulanishi va ajratilishini ta’minlash va tadbiqiy jarayonlararo ma’lumotlar uzatishni ta’minlash. Seans qatlami har bir aloqa seansi uchun ikkinchi tomon (tarmoq tuguni) bilan suhbat asosida turli tugunlar tadbiqiy jarayonlari bilan ulanishlar o’rnatadi. Shuningdek seans qatlami ulanishning ikkala tomonining asli kimligini ham aniqlaydi. Shunday qilib seans qatlami foydalanuvchilar va tarmoq ilovalari orasida bog’lanishlarni o’rnatadi va ularni boshqaradi.
6-chi qatlam (Ifodalash qatlami). Vazifasi–axborot ifodalash shakllarini (tasvir, matn, qator va h.k.) muvofiqlashtirish va moslash; ma’lumotlar, kodlar, alifbolar va grafika elementlarini shakllantirish. Bu qatlam tarmoq tomonidan aloqa davomida bir nechta bor ishlatilinadigan umumiy funksiyalar mavjud. Bular qatoriga tarmoqni bosqich va displeylarga ulash, fayllarni formatlash kiradi. Mazkur qatlam ko’p formatli fayllar bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Uning vazifalari odatda amaliy dasturlar vositasida bajariladi. Bu qatlam ba’zi aloqa xizmatlarini shifrlash va axborotlarni zichlash kabi xizmatlarni ham amalga oshiradi.
7-chi qatlam (Tadbiqiy qatlam). Vazifasi–tadbiqiy jarayonlar bilan interfeys ta’minlab berish. Bu qatlamda muayyan ilovalar va amaliy kompyuter tarmog’i dasturlari mavjud. Web brauzer, FTP va Telnet shunday standart dasturlar jumlasidandir.
7-chi qatlamdan tashqi yuqorigi qatlamda turli tadbiqiy jarayonlar sodir bo’ladi.


§ 8.3. Qo’sh qutbli tranzistorlar ulanishining asosiy sxemalari

Tranzistorlar ulanishining uch asosiy sxemalari mavjud. Bunda tranzistorning elektrodlaridan biri kaskadga kirish va chiqish umumiy nuqtasi hisoblanadi. Esda tutish kerak, kirish (chiqish) deganida nuqtalar oralig’ida kiruvchi (chiquvchi) o’zgaruvchan kuchlanish borligi tushuniladi. Asosiy ulanish sxemalari umumiy emitterli (UE), umumiy bazali (UB) va umumiy kollektorli (UK) sxemalar deb nomlanadi.


8.5-rasmda umumiy emitterli (UE) sxema tasvirlangan. Bu sxema ko’p tarqalgan, chunki quvvati bo’yicha eng katta kuchayishni beradi.

8.6-rasm. Umumiy emitterli (UE) bipolyar tranzistor sxemasi

Tranzistorning kuchaytirish xususiyatlari uning asosiy parametrlardan birini ta’riflaydi. Bu baza tokining uzatish statik koeffitsiyenti yoki tok bo’yicha  kuchaytirish statik koeffitsiyenti. U faqat tranzistorni o’zini tariflash kerak bo’lgani uchun, uni yuklash bo’lmagan (Rk=o) rejimida aniqlashadi. Soni bo’yicha u teng:


Uk-e = const bo’lganida.
Bu koeffitsiyent o’nlar yoki yuzlarga teng bo’ladi, ammo haqiqiy (real) koeffitsiyent ki, doim dan kam (kichik), chunki yuklanish ulanganda kollektor toki kamayadi.
Kuchlanish bo’yicha Kk kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti amplitudali yoki o’zgaruvchi kuchlanishni chiquvchi va kiruvchi miqdorlarining nisbatiga teng. Kiruvchi bo’lib o’zgaruvchan kuchlanish Ub-e, chiquvchi bo’lib esa rezistordagi o’zgaruvchan kuchlanish hisoblanadi, yoki o’shani o’zi bo’lgan kollektor-emitter kuchlanishi. Baza-emitterdagi kuchlanish voltning o’ndan bir qismidan oshmaydi, chiqishi esa birlar va manba kuchlanishi E2 yetarli bo’lganda). Bundan kelib chiqadiki, quvvati bo’yicha kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti yuzlar, minglar, bazan o’n minglarga teng.
Kirish qarshiligi Rkir muhim tavsifi bo’lib, Om qonun bo’yicha aniqlanadi:
va yuz Omdan birlar kOm gacha bo’ladi. UE sxemasi bo’yicha ulanganida tranzistorning kirish qarshiligi, ko’rinib turibdiki, uncha katta bo’lmaydi, bu esa jiddiy kamchilik hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash muhimki, UE sxemasi bo’yicha kaskad kuchlanish fazasini 1800 aylantiradi. UE sxemani avzalligiga bir manbadan uni ta’minlash qulayligi kiradi, chunki barcha va kolletorga bir xil belgili kuchlanish beriladi. Kamchiliklarga yomon chastotaviy va haroratli hususiyatlari kiradi (masalan, UBli sxemaga taqqoslaganda). Chastotani oshirgan sari UEli sxemada kuchaytirish pasayadi. Buning ustiga UE sxemali kaskad kuchaytirganda angcha buzilishlarni kiritadi.
Umumiy bazali sxema 8.7-rasmda tasvirlangan.


Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə