Toshkent davlat transport universiteti


-rasm. Unipolyar tranzistorning dinamik ish rejimi



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə42/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

8.2-rasm. Unipolyar tranzistorning dinamik ish rejimi.


Shuning uchun bu sohaga erishish uchun tranzistorning zatvor - istok oralig’iga manfiy qutbi zatvorga ulangan Yez manba ulanadi. Uning zatvorga beradigan kuchlanishi manfiy siljitish kuchlanishi deb ataladi. Uning qiymati stok toki va stok kuchlanishi­ning o’zgarmas tashkil etuvchi qiymatlarini ifodalovchi nuqtani belgilaydi: A(Iso, Uso ). Bu nusta boshlang’ich ishchi nuqta deb ataladi (8.2 b-rasm). Agar zatvorga o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, stok tokining o’zgaruvchan tashkil etuvchisi hosil bo’ladi va stok kuchlanishi quyidagicha ifodalanadi:
Us=Es-Is·Rs va Is= Iso+ Is~ (8.9)
Bu koordinat boshidan o’tmaydigan to’g’ri chiziq tenglamasidir. Uning og’ish burchagi (α)Rs rezistorning kattaligiga bog’liq bo’ladi. Rs=0 bo’lganda, bu to’g’ri chiziq kuch­lanish o’qiga perpendikulyar bo’lsa, Rs=∞ da tok o’qiga perpendikulyar bo’ladi. Rs ning chekli qiymatida esa, bu to’g’ri chiziq kuchlanish o’qini Uc = Es nuqtada, tok o’qini nuqtada kesib o’tadi. Uni yuklama chizig’i deb ataladi. Yuklama chizig’ining ishchi sohada yotadigan qismi dinamik xarakteristikadir. 8.2-rasmdan zatvor kuchlani­shi bilan stok kuchlanishi o’zaro qarama-qarshi fazada o’zgarishi, ya’ni tranzistor φk = π faza siljishi xosil qilishi ko’rinadi.
Tranzistorning dinamik ish rejimi dinamik para- metrlar orqali xarakterlanadi. Ularni aniqlash uchun unipolyar tranzistorning (8.5) xarakteristik tenglamasi va (8.8) dinamik rejim tenglamasidan foyda- lanamiz.
(8.8) ifodadan stok kuchlanishining orttirmasini aniqlab (8.6) ga qo’ysak, undan
(8.10)
hosil bo’ladi. Bunda Sn tranzistorning dinamik qiyalik koeffitsienta deb ataladi va hamma vaqt statik qiyalik koeffitsientidan kichik bo’ladi.
Agar (8.10) ga stok toki orttirmasini qo’ysak, quyidagi koeffitsient hosil bo’ladi:
(8.11)
Uni tranzistorning dinamik kuchaytirish koeffitsienti deyiladi. Uning kattaligi xam statik kuchaytirish koeffitsientidan kichik bo’lib, miqdori Rc yuklama qarshiligi bilan xarakterlanadi. Yuklama qarshiligi qancha katta bo’lsa, u statik kuchaytirish koeffitsientiga intilib boradi (Rc=0 bo’lsa, μdn=0). Bu tranzistorning kuchaytirish xususiyatlaridan faqat yuklama qarshiligi ulangandagina foydalanish mumkinligini ko’rsatadi (Minus ishora tranzistorda hosil bo’ladigan faza siljishi φk = π ni ifodalaydi).
Umumiy holda yuklama karshiligi kompleks kattalik bo’lgani uchun dinamik kuchaytirish koeffitsienti ham kom­pleks miqdor bo’ladi:
(8.11.a)
Agar shart bajarilsa, (8.11 a) soddalashib,
(8.11.b)
ko’rinishga keladi.
Elektron asboblarning dinamik ish rejimini bilgan holda, ularning ekvivalent sxemalarini tuzish mumkin. Masalan, (8.10) ga asosan unipolyar tranzis­torning stok zanjirini o’zaro ketma-ket ulangan Ri va Rc rezistorlarga EYuK μUz ga teng generatorning ulanishi deb qarash mumkin (8.3 a-rasm).


Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə