Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102

73 
 
Lekin  shuni  hisobga  olish  kerakki,  dorivor  o‗simliklar  xom  ashyosida    o‗z  mikroflorasi 
ya‘ni  normal  mikroflora  va  fitopatogen  mikroorganizmlar  ya‘ni  o‗simlik  kasalliklari 
qo‗zg‗atuvchilari bilan zararlangan bo‗lishi mumkin. 
O‗simliklar    normal  mikroflorasi  barg  yuzida,  urug‗larida,  ildiz  oldi  sistemasida  har  xil 
bo‗ladi. 
Jonli  (tirik)  o‗simliklarda  yashovchi  va  ularga  zarar  keltirmaydigan  mikroblar,  ―epifit 
mikroflora‖  tushunchasiga  birlashgan.  YAngi  kesilgan  yaproq    yuza  qismida  ko‗pincha  2  xil 
bakteriya aniqlandi: 
1)Bact herbicola aureum va 
2)Psevdomonas fluorescens 
Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus 
Bac vulgatus 
Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‗lar 
Bu mikroflora o‗simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat‘iy nazar bo‗ladi. 
Bact  herficola  aureum  –  qisqa  Gr(-)  tayoqchalar  bo‗lib,  2  ta  polyar  xivchinlari  bo‗ladi. 
Go‗sht  peptonli  agarda  yuzida  shilimshiq  bo‗lgan,  tilla  sariq  rangli  yumaloq  koloniyalar  hosil 
qiladi. 
Ps flureccens  – polimorf, polyar  xivchinli tayoqchalar bo‗lib, Gr(-). Zich  ozuqa muhitida 
chetlari notekis bo‗lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi. 
Tuproqda  o‗simlik  ildizi  atrofida  intensiv  o‗sish  zonasi  bo‗ladi  va  mikroblar  yuqori 
aktivlikka ega bo‗lib, bu qism rizosfera deyiladi. 
Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‗simlik turi uchun spetsifik bo‗ladi. 
Ko‗pincha  sporasiz  bakteriyalar  va  mikobakteriyalar  uchraydi.  Kam  xollarda  sporali 
bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‗lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o‗simliklarga 
ijobiy ta‘sir qilib, ular  o‗simliklar uchun zarur bo‗ladi, ular bilan simbioz holda bo‗lishi mumkin 
yoki zararli ta‘sir qilib, ularning nobud bo‗lishiga olib kelishi mumkin. 
Tuproqdagi  bakteriyalardan  Ps  fluoreccens,  rizosfera  zonasida  joylashgan  bo‗lib, 
o‗simliklarni  infeksiyadan  ximoya  qilishda  katta  rol  o‗ynaydi,  ya‘ni  ular  o‗simliklarni 
fitopotogen  bakteriyalardan  ximoya  qiladi.  Lekin  aynan  shu  bakteriyalar  o‗simliklarda 
jarohatlangan to‗qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo‗ladi. 
O‗simliklarning  mikroblar  bilan  ifloslanishi  o‗stirish  sharoitlariga,  ularning  balandligi  va 
butunligiga bog‗liq bo‗ladi. Kulturali tuproq o‗simliklarida mikroblar, o‗rmon va gulzorlardagiga 
qaraganda  ko‗p  bo‗ladi.  Kuzda  yaproqlarda  bakteriyalar,  bahordagidan  ko‗p  bo‗ladi. 
O‗simliklarning  yuqori  qismida  joylashgan  yaproqlarda  mikroblar  kam,  pastki  qismidagi 
yaproqlarda  ko‗p  bo‗lib,  bunga  sabab,  pastki  qismiga  mikroblar  tuproqdan  yomg‗ir  yog‗ganda 
sachrab  o‗tishi  xisobiga.  Ayniqsa  o‗simlik  mikroblar  bilan  ko‗p  ifloslangan  bo‗ladi  sug‗orish 
maydonlarida,  axlatxonali  joylarda,  yoki  avvaldan  axlatlar  to‗kilgan  joylarda,  mol  boqiladigan 
yaylovlarda.  SHu  erda  o‗sgan  o‗simliklar  tarkibida  inson  salomatligi  uchun  xavfli  bo‗lgan 
patogen mikroorganizmlar bo‗lishi mumkin. 
Kesilgan  yoki  yulingan  o‗simliklarni  darrov  qayta  ishlash,  ishlov  berilishi  lozim,  chunki 
ular  mikroblarning  rivojlanishi  uchun  qulay  muhit  hisoblanadi.  Quritilgan  o‗simliklarda 
mikroblar hayot faoliyati susayadi, ko‗pgina bakteriyalar nobud bo‗ladi. 
Fitopotogen  mikroblar  qo‗zg‗atuvchi  o‗simliklardagi  infeksion  kasallanish  ya‘ni  bakterial 
kelib chiqishiga ega bo‗lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog‗lar, 
kuyish,  nekroz,  so‗lish  va  boshqalar  kiradi.  CHirishlar  quruq  va  nam  bo‗ladi,  bunda  o‗simlik 
xujayralarining  yumshaganligi,  xujayralarning  parchalanishi  yoki  ma‘lum  bir  qismining  yoki 
butun o‗simlikning nobud bo‗lishi kuzatiladi. 
2. O‗simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari. 
O‗simliklarning kasalligini o‗rganuvchi fan – fitopatologiya fanidair. 
O‗simliklarning  kasalliklari  chaqiruvchi  mikroorganizm  katta  ziyon  keltiralilar,  chunki  
ularning  ta‘sirida  hosildorchilik  pasayadi,  ildiz,  barg  va  o‗simlik  tanasini  zararlab,  noyob 
o‗simliklarning yo‗q bo‗lib ketishiga olib boradi. Dorivor o‗simliklarning bu holda uchrashi, bu 


74 
 
o‗simlikning dori  tayyorlash uchun  ishlatib bo‗lmaslikka olib boradi. Er kurrasida bakteriya va 
zamburug‗lar  o‗simliklarda  kasallik  chaqiruvchini  sifatida  keng  tarqalgan  bo‗lib,  taro‗alishi 
o‗simlikning  o‗sish zonasiga bag‗liq bo‗ladi. 
Mikroorganizmlar  havo  orqali  tarqalib,  atmosferaning  turli    qatlamlarida  turli 
mikroorganizmlar bo‗ladi, suv orqali va o‗simlik urug‗lari orqali tarqalishi mumkin. 
Barcha  mikroblar  orqali  tarqalayotgan  kasalliklarni  tarqalganliklariga    qarab,  shartli 
ravishda    endemik  va  pandemik  tarqalishiga    ajratish  mumkin.  Endemik  ma‘lum  bir  geografik 
zonada tarqalish holatiga aytiladi. 
O‗simliklarda kasallik  qo‗zg‗atuvchi  mikroorganizmlarning turi 310 dan ortiq  bo‗lib, ular 
tayoqchasimon,  kokklar,  spiralsimon  bo‗lib,  grammlar  kupchilik  turlarini  tashkil  etadi. 
Fitopatogen  mikrorganizmlarning  ko‗pchiligi  flurossensiya  holatini  chaqiruvchi  bo‗lib,  turli 
rangdagi (sariq, jigar rang) pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen mikrorganizmlarning 
asosiy  ozuqa  manbai  bo‗lib  o‗simlik  oqsiliva  uglevodlar    hisoblanadi,  ular  kraxmalni  gidroliz 
qiladi,  spirt va  shakarni  parchalash,  sutni  chiritmi,  jelatinani eritishi, ammiak, indol hosil qilish 
xossasiga  ega.  Fitopatogen  bakteriyalarning  yashash  faoliyatlari  turlicha  bo‗lib,  ba‘zi  turlari 
tuproqda  uzoq  yashab,  sovuqni,  quyosh  nurlarining  ta‘sirini  va  qurishga  chidamli  hisoblanadi. 
Umuman  fitopatogen  bakteriyalarni  bir  necha  avlodga  taaluqli  hisoblab,  ularga  quyidagi  turlar 
kiradi: 
1.
 
Ervini-ervini 
2.
 
Psevdomanus-psevdomanus 
3.
 
Corinobacteria-korinobakteriya 
4.
 
Acvobacteria-akvobakteriya 
Dorivor o‗sialiklardan tayyorlangan  dorilar  mikroflorasi o‗ziga  xos  xossalarga ega  bo‗lib, 
quyidagi faktorlarga bog‗liq bo‗ladi: 
Xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga. 
Dorivor mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga. 
Dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura, bosim, ta‘sir vaqtiga). 
Saqlanish usuliga. 
Dorixonalarning sanitar-gigienik holatiga. 
Dorivor o‗simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin: 
O‗simlik  tomirining  jarohatlanishi  natijada,  butun  tanasiga  jarohatlanishi,  bunda  o‗simlik 
halok bo‗ladi. 
O‗simlik tanasining ma‘lum bir qismini chegarali jarohatlanishi (yaproq, ildiz, shoh). 
O‗simlik  kasalliklarini  o‗ziga  qaysi  tarzda  o‗tishi  bilan  bir  necha  xil  turlarni  bilishi 
mumkin: 
Qatron  (o‗mola)  yoki  shilimshiq  oqishi  bilan  o‗tuvchi  kasalliklar.  Buni  zamburug‗lar, 
bakteriyalar  chiqaradi,  ba‘zan  bu  holat  yuqumli  bo‗lmagan  bakteriyalar  chaqirishi  mumkin. 
Bunga ignabargliklar va yaproq bargiga ta‘sirchan bo‗ladi. 
CHirish protsess bilan boruvchi kasalliklar. 
CHirish xo‗l va quruq bo‗lishi mumkin. CHirish protsessida o‗simlikning ba‘zi to‗qimalari 
bakteriyalar va zamburug‗lar yashash faoliyati natijasida bu protsessga uchraydi. 
Unli  shudring  –  bu  o‗simlikning  bargida,  shohlarida  ipsimon  zamburug‗lar  ko‗payishi 
natijasida kesib chiqadi. 
Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butoqlar sarg‗ayadi va quriydi. 
Kuydirish.  Bunda  o‗simliklarning  guli,  yangi  shoh-butoqlari,  bargi,  mevalari  bakteriya 
ta‘sirida qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali daraxtlarda ko‗p uchraydi. 
Dog‗ hosil bo‗lishi. Buni asosan zamburug‗lar hosil qiladi. 
SHish  hosil  bo‗lishi.  Bular  qo‗zg‗atuvchilari  fitobakteriyalar  bo‗lib,  o‗simliklarda  shish 
hosil qiladi. 
Bundan  tashqari  o‗simliklarning  kasalliklari  yara,  deformatsiya,  barglarning  moxlanishi 
kabi xolatlarini chiqarishi mumkin. 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə