212
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
1.
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
2.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
4.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
5.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published
by forgotten books, 2013. –
6.
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009.
7.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
8.
Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа
”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы
farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
213
V. L ABO RATO RI YA MASH G’ULOTL ARI UCHUN MATE RIALL AR
Laboratoriya mashg‘ulot – 1
Mavzu: Mikroskop va hujayraning tuzilishi
1. Darsning maqsadi:
O‘simliklarning ichki tuzilishini o‘rganishda mikroskopdan foydalaniladi. Mikroskop
kichik buyumlarni kattalashtirib ko‘rsatadigan asbob. hozirgi paytda turli xil mikroskoplar
mavjud. Mikroskopni birinchi marta 1665 yilda ingliz olimi Robert Guk kashf etgan.
Mikroskop orqali oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan hujayra qismlarini ham ko‘rish
mumkin. O‘simlik ichki tuzilishini o‘rganishda biologik mikroskoplardan foydalaniladi.
hozirgi zamon biologik mikroskoplari ob’ektlarni ikki ming martagacha, elektron
mikroskoplari esa qirqming martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi.
O‘simlikning organini mikroskopda ko‘rish bilan uning son-sanoqsiz mayda
hujayralardan iborat ekanligini bilamiz. hujayra o‘simlikning tarkibiy qismidir. O‘simlik tirik,
o‘lik, bir va ko‘p hujayralardan tashkil topib, ular nafas oladi, oziqlanadi, o‘sadi, rivojlanadi,
ko‘payadi.
Hujayra yumaloq, kubiksimon, prizmasimon va boshqa shakllarda bo‘ladi. hujayralar
shakli jihatidan parenxima va prozenximaga bo‘linadi. Parenxima hujayraning hamma tomoni
taxminan bir xil o‘lchamga, eni bo‘yiga teng yoki bir oz kattaroq bo‘ladi. Ular dumaloq, ko‘p
qirrali, plastinkasimon, yulduzchasimon shakllarda bo‘ladi. Masalan, piyoz po‘sti hujayrasida.
Prozenxima hujayraning shakli cho‘ziq, ya’ni bo‘yi enidan bir necha marta uzun bo‘ladi.
Masalan, paxta tolasining hujayrasida.
2. Darsning vazifasi:
Mikroskopning tuzilishi, undan foydalanish qoidalari, doimiy va vaqtinchalik kesiklar
tayyorlash, ularni bo‘yash usullari bilan tanishadilar.
O‘simlik hujayrasining tuzilishi, ularning shakli va tirik qismlari, organoidlarining
vazifasini o‘rganish nazarda tutilgan.
3. O‘quv jarayonining mazmuni
1. Mikroskop qanday asbob va uning turlari
2. Mikroskopning optik va mexanik qismlari, ularning vazifalari
3. Mikroskop bilan ishlash qoidalari
4. Fokus oraliqini topish
5. Kesiklar tayyorlash
6. Kesiklarni reaktivlar bilan bo‘yash
7. Hujayraning tuzilishi
8. Hujayra shakllari: parenxima va prozenxima hujayralar
9. Hujayra organoidlari va ularning vazifasi
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl) vosita, usul,
nazorat, baholash).
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod: - Bumerang, Blits uyin
214
v) Forma (shakl) – guruh
g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat
d) Usul – nutqli
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash
5. Metod – Bumerang, Blits o‘yin
Bumerang treningi
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va vazifa yozilgan material tarqatiladi. har 1 ta
guruh o‘z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida savol-javob ketadi.
1 – guruhga berilgan vazifa
1.
Mikroskopning vazifasi va xillari
2.
Mikroskopning asosiy qismlari
3.
Mikroskopning optik qismlari va uning vazifalari
4.
Mikroskopning mexanik qismlari va uning vazifalari
2 – guruhga beriladigan vazifa
1.
Mikroskop bilan ishlash qoidalari
2.
Fokus oralig‘i qanday topiladi
3.
Kichik ob’ektivdan katta ob’ektivga o‘tish usullari
4.
Kesiklarni tayyorlash tartibi va ularni bo‘yash
3- guruhga beriladigan vazifa
1.
Hujayraning shakllari
2.
Hujayraning tirik va o‘lik qismi
3.
Hujayradagi organoidlar
4.
Hujayra qismlarining tuzilishi va vazifasi
Blits o‘yin
Metodni o‘tkazilish tartibi. Har bir guruh talabalariga yuqorida ko‘rsatilgan vazifa
tarqatiladi. Talabalar to‘g‘ri deb hisoblagan raqamni “yakka baho” qatoriga yozib chiqadi.
O‘qituvchi to‘g‘ri javob e’lon qilgandan keyin, Har bir guruh o‘z xatolarini “guruh xatosi”
qatoriga yozadi. Natijada to‘g‘ri, noto‘g‘ri javoblar solishtirilib, guruh bahosi hisoblab
chiqiladi.
Guruh
bahosi
Guruh
xatosi
To‘g‘ri
javob
Yakka
xato
Yakka
baho
Guruh
ichidan
chetlatish
Mikroskop bilan ishlash usulini
o‘rganish
1. Mikroskop bilan ishlashdan
oldin
kuzguni
Har
tomonga
aylantirib
yoruqlik
diafragma
teshigi tomon yo‘naltiriladi va
ko‘z bilan okulyardan Harab
yoruqlik topiladi.
Dostları ilə paylaş: |