215
2.
Mikroskopning
tozaligini
tekshirib, tutg‘ich qismidan ushlab
ish stolida siljimaydigan qilib
qo‘yish kerak.
3. Mikroskopning 7x okulyari va
8x
ob’ektividan
foydalanib
yoruqlik to‘planadi.
4. Preparatga yon tomonidan
Harab turib, mikroskop trubkasini
katta vint yordamida preparatga
juda yaqin kelguncha G`oraliq 1
sm bo‘lgunchaG` tushiriladi.
5. Mikroskopning katta ob’ektivi
(40x)
orqali
ko‘rishda
mikropreparatlarni
mikroskop
stolidan qo‘zg‘atmasdan katta vint
yordamida ob’ektiv ko‘tarilib,
uning o‘rniga katta ob’ektiv
almashtiriladi.
6. Ish stolining o‘ng tomoniga
rasm chizish uchun maxsus daftar
va chap tomonga ishlash uchun
kerakli narsalar qo‘yila-di.
7.
Tayyorlangan
preparatni
mikroskop stolining markazidagi
teshikka to‘g‘rilab qqo‘yiladi.
8. Okulyar orqali qarab, ob’ekt
tasviri
ko‘ringuncha
fokusi
to‘g‘rilanadi G`oraliq 1-2 mm.
bo‘lguncha
9. Okulyardan qarab, mak-rovintni
ob’ekt ko‘ringuncha oldinga va
orqaga burab boriladi va tasvir
topiladi.
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar.
1 – mashg‘ulot: Mikroskop bilan ishlash usulini o‘rganish
Ob’ekt: Mikroskop, piyoz
a) Mikroskopni tozaligini tekshirish
b) Ish stoliga mikroskopni o‘rnidan siljimaydigan qilib qo‘yish
v) Ish stolining o‘ng tomoni ish daftari va chap tomoniga ishlash uchun kerakli asboblar: suv,
pipetka, preparoval nina, buyum va qoplovich oynalar, filtr qog‘oz, spirt lampa, yumshoq latta
qqo‘yiladi.
g) Mikroskop ko‘zgusini Har tomonga Harakatlantirib yoruqlik tutiladi.
d) Yoruqlik tutish mikroskopning 7x okulyari va 8x ob’ektividan foydalaniladi.
e) Preparatdagi ob’ekt buyum stolchasidagi teshikka to‘g‘ri qilib o‘rnashtiriladi.
j) Ob’ektlar aniq ko‘rinishi uchun fokus oraliqi topiladi. Okulyardan ko‘z bilan Harab katta
vintni ob’ekt tasviri ko‘ringuncha buraladi. Mikroskopga qo‘yilgan buyum chap ko‘z bilan
ko‘riladi, o‘ng ko‘z esa ob’ektning rasmini chizishga yordam beradi.
2 – mashg‘ulot: Kesiklar tayyorlash va piyoz po‘sti hujayrasining
tuzilishini tekshirish.
216
Piyozning seret
qobig‘idan nina yoki pintset bilan rangsiz po‘stidan shilib, buyum
oynasidagi suv tomchisiga qqo‘yiladi. So‘ngra nina uchi bilan to‘g‘rilab, ustiga qoplag‘ich
oyna yopiladi.
Tayyorlangan kesiklar mikroskopning kichik va katta ob’ektivi orqali tekshiriladi.
Kesiklarni bo‘yash uchun suv o‘rniga lyugol eritmasi tomiziladi.
Bo‘yalgan kesik mikroskopning kichik va katta ob’ektivi orqali Haralganda piyoz pardasining
hujayralari yupqa po‘st bilan qoplanganligi va ichida vakuola, sitoplazma, yadro borligi
ko‘riladi.
Topshiriq: Biologik mikroskopni va hujayra tuzilishini rasmini chizib, hamma qismlarini
nomini yozing.
Laboratoriya mashg‘ulot-2
Mavzu: Osmotik bosim. Plastidlar.
1.
Darsning maqsadi:
Hujayra ichidagi suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Bu suyuqlikda organik va mineral
moddalar erigan holda bo‘ladi. hujayra shirasi voyaga etgan hujayralarda protoplazmaning
hayot faoliyati natijasida vujudga keladi. hujayra shirasida erigan moddalar ma’lum bosim
hosil qiladi. U osmotik bosim deb ataladi. Osmotik bosim eritma kontsentratsiyasiga bog‘liq
bo‘lib, u qancha kuchli bo‘lsa osmotik bosim ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Hujayraning turgor holati deb – hujayra shirasida suv ko‘payib ketib hujayraning
taranglanishiga aytiladi.
Hujayra turgor holatda bo‘lganda uning ichidagi moddalar hujayra po‘stiga zich yopishib
turadi.
Bunday holatdagi hujayraga to‘yingan eritmalar (10 % osh tuzi, 30% qand eritmasi) tomizilsa,
ya’ni osmotik bosimi hujayra shirasi osmotik bosimidan kuchliroq bo‘lgan eritma vositasi bilan
hujayra shirasining bir qismi olib tashlansa, hujayra ichidagi moddalar to‘planib hujayra
po‘stidan qochadi. Hujayraning bunday holatini plazmoliz deyiladi.
Plazmoliz holatidagi hujayraga suv ta’sir ettirilsa u yana turgor holatiga o‘tadi, bu xodisa
deplazmoliz deb ataladi.
Plastidlar protoplazmada sochilib yotgan har xil shakl va rangga ega bo‘lgan mayda oqsil
tanachalardir. Plastidlar rangiga qarab 3 xilga bo‘linadi:
Xloroplastlar (yashil)
Xromoplastlar (qizil, sariq)
Leykoplastlar (rangsiz)
Xloroplast – o‘simlikning barcha yashil qismida uchraydi. Bu plastida xlorofill (yashil), karotin
(qizil), ksantofill (sariq) pigmentlar uchraydi. O‘simliklarda karbonat angidrid va suvdan
organik modda vujudga kelishida xloroplast ishtirok etadi.
Xloroplast ishtiroki quyosh nuri ta’siri bilan organik moddalarning hosil bo‘lishi xodisasini
fotosintez deb ataladi. Buni quyidagi formula bilan ko‘rsatish mumkin.
xlorofill
6 CO
2
+ 6H
2
O + 674 kkal -------------( C
6
H
12
O
6
)+ 6O
2
Bu protsessda avval saxaroza paydo bo‘lib, u tezda glyukozaga aylanadi va
o‘simliklarning organlarida zapas modda hisobida to‘planadi.
Xromoplast – to‘q sariq, qizil rangda bo‘lib, gullarning gultoj bargida, pishgan mevalarda va
ildizmevalarda uchraydi.
Leykoplast – rangsiz plastidadan iborat bo‘lib, o‘simliklarning kurtagida, poyasida, ildizi,
tuganagi va piyozboshida uchraydi. Leykoplastlar zapas oziq modda – ikkilamchi kraxmalni
to‘playdi.
Dostları ilə paylaş: |